Ekspert tizimlarning asosiy turlari va ishlatilish sohalari

Ekspert tizimlarning asosiy turlari va ishlatilish sohalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ekspert tizimlarning asosiy turlari va ishlatilish sohalari - rasmi

Material tavsifi

EKSPERT TIZIMLARNING ASOSIY TURLARI VA ISHLATILISH SOHALARI. REJA: EKSPERT TIZIM NIMA? EKSPERT TIZIM TURLARI EKSPERT TIZIMLARDAN FOYDALANISH SOHALARI EKSPERT TIZIM NIMA? Ekspert tizimlari deb, biron bir soha haqida bilim va ma'lumotlar to'plamiga va bazasiga ega bo'lgan, shu sohaga taalluqli muammolarni ekspert-mutaxassis kabi yecha oladigan tizimlarga aytiladi. Ekspert-mutaxassis axborotlarni qayta ishlashda, asosan, har xil shaklda to'plangan va saqlangan, katta hajmdagi axborotlar bazasiga tayanadi. Ekspert tizimlari ham mutaxassis kabi qo'llanilayotgan soha haqidagi ma'lumotlar bazasiga tayanib, sohaga tegishli masalalarni yechish uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minotdir. Ekspert tizimlari ikki rejimda ishlashi mumkin. -axborotni qabul qilish, ya'ni bilimlar bazasini yangi axborotlar bilan to'ldirish; -Qo'yilgan masalani yechish. Ekspert tizimlaridan quyidagi masalalarni yechishda foydalanish mumkin: -Oldindan aytib berish ya'ni obyektni kuzatilayotgan holatini tahlil qilib, natijasini aniqlash; -Tashxislash ya'ni obyektni nosozligini (kasalligini) aniqlash; -Loyihalashdan berilgan ko'rsatkichlar asosida va qo'yilgan cheklanishlarni hisobga olgan holda biron bir obyektni loyihalash; -Rejalashtirish-obyektning holatini yaxshilash uchun qilinishi kerak bo'lgan operatsiyalarning ketma-ketligini aniqlash; -Kuzatish-obyekt holatini kuzatib borish va normadagi holat bilan solishtirib borish; -Boshqarish-obyektga ta'sir qilish va boshqalar. Xulosa qilib aytganda obyektni boshqarish, nazorat qilish, rejalashtirish, va loyihalash ishlarida keng qamrovli bilim talab qiladigan sharoitda ekspert tizimlardan keng foydalaniladi. Chunki ekspert tizimlar yaratilayotganda o'rganilayotgan sohadagi barcha bilimlar ekspert guruhlari yordamida to'planiladi. Bu esa bir kishi eslab qolishi yoki bilishi qiyin bo'lgan axborotlarni bilimlar bazasi ko'rinishiga keltirib hisoblash texnikasi orqali boshqarish va foydalanish imkonini beradi. Ekspert tizimlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin EKSPERT TIZIMLARNING TURLARI: Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar EXMlarning yangi arxitekturasini yaratish Intellektual robotlar. Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar Ushbu yo'nalish kompyuterda o'yinlarni (shaxmat, shashka va h.z) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shug'ullanadi. Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo'nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarini yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intellektual tizimlarni ma'lum kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo'llanishi mumkin. EXMlarning yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo'nalish sun'iy tafakkur mashinalari (5chi avlod EXMlari)ni yaratish muammolarini o'rganadi. Intellektual robotlar. Bu yo'nalish oldindan qo'yilgan maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish bilan shug'ullanadi. Ekspert tizimlarni boshqa sohalarda ham keng qo'llanilishi mumkin, meditsinada kasalliklarga tashxis qo'yishda, kompyuterlarni testdan o'tkazishda, harbiy maqsadlarda, kosmonavtikada va boshqa. E'tiboringiz uchun rahmat ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 694.15 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:28 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 694.15 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga