Antivirus dasturlari, viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash

Antivirus dasturlari, viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Antivirus dasturlari, viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Antivirus dasturiy vositalar: kompyuter viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. 23.11.2015 Reja: Virus va uning turlari. Kompyuter viruslaridan himoyalash. Antivirus dasturlari. 1. Virus va uning turlari. «Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning o'rtalarida kiritilgan. Biologik viruslarga tegishli o'lchamlarning kichikligi, o'z-o'zidan ko'payib va obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy ta'siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter viruslari bilan ish ko'rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish», «yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi. «Kompyuter viruslari» - kompyuter sistemalarida tarqalish va o'z-o'zidan qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo'lgan bajariluvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlardir. Viruslar kompyuter sistemalarida saqlanuvchi dasturiy ta'minotni o'zgartirishi yoki yo'qotishi mumkin. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko'ra tasniflanishi mumkin: - yashash muhiti bo'yicha; - yashash muhitining zaharlanishi bo'yicha; - zararli ta'sirining xavflilik darajasi bo'yicha; - ishlash algoritmi bo'yicha. Yashash muhitiga ko'ra kompyuter viruslari quyidagilarga bo'linadi: - tarmoq viruslari; - fayl viruslari; - yuklama viruslar; - kombinatsiyalangan viruslar. Tarmoq viruslarining yashash muhiti kompyuter tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllarda joylashadi. Fayl viruslar ichida makroviruslar alohida o'rin tutadi. Makroviruslar - makrotillarda yozilgan zararkunanda dasturlar, elektron jadvallar va h.k. Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot-sektorlarda) bo'ladi. Kombinatsiyalangan viruslar bir necha yashash muhitida joylashgan bo'ladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni ko'rsatish mumkin. Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari: - rezident; - rezident bo'lmagan viruslarga bo'linadi. Rezident viruslar faollashganlaridan so'ng to'laligicha yoki qisman yashash muhitidan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga ko'chadi. Bu viruslar, odatda, faqat operatsion sistemaga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib yashash muhitini zaharlaydi va ma'lum sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi. Rezident bo'lmagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga tushib, zaharlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muhitida qoladi. Agar virus yashash muhitini zaharlamaydigan dasturni asosiy xotiraga joylashtirsa, bunday virus rezident bo'lmagan virus hisoblanadi. Kompyuter viruslarini foydalanuvchining axborot resurslari uchun xavflilik darajasi bo'yicha quyidagilarga ajratish mumkin: beziyon viruslar; xavfli viruslar; juda xavfli viruslar. Beziyon kompyuter viruslari kompyuter sistemasi resurslariga qandaydir shikast yetkazishni maqsad qilmagan mualliflar tomonidan yaratiladi. Ularning maqsadi, odatda, o'zlarining dasturchilik imkoniyatlarini ko'z-ko'z qilishdir. Bunday viruslarning zararkunandaligi monitorda aybsiz matnlarni va rasmlarning, musiqiy parchalarning ijro etilishiga olib keladi va h.k. Xavfli viruslarga kompyuter sistemalari samaradorligi jiddiy pasayishiga olib keluvchi, ammo xotirlovchi qurilmalarda saqlanuvchi axborotning yaxlitligini va maxfiyligini buzmaydigan viruslar kiradi. Bunday viruslar ta'siri oqibatlarini unchalik katta bo'lmagan moddiy va vaqt resurslari sarfi evaziga yo'qotish mumkin. Juda xavfli viruslarga axborotning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 75.39 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 75.39 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga