Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari slayd taqdimot

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari slayd taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari bilan tanishuv Reja: Texnologiya so'zining ma'nosi. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. «Texnologiya» atamasi grekcha techne so'zidan olingan bo'lib mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma' lum bir jarayonga nisbatan qo'llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo'naltirilgan xatti harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o'zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir. Axborot texnologiyalari to'g'risida gap ketganda, qayta ishlashning materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu obyekt, jarayon yoki hodisa tug'risidagi sifat jihatidan yangi ma'lumot bo'ladi. Texnologiya Xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo'ladi. Axborot texnologiyasi - obyektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to'g'risida axborot olish uchun ma' lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari maj muidan foydalaniladigan jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiya-sining maqsadi - inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi. Axborot texnologiyasining maqsadi axborot ishlab chiqarish bo'lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo'l urish uchun tegishli qaror qabul qilish Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash jadvali Axborotni yig'ish, uzatish, to'plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish, foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot texnologiyalari Zamonaviy axborot texnologiyalari Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanishga, foydala-nuvchilarning (dasturlash bo'yicha mutaxassis bo'lmaganlar) axborot jarayonida faol ishtirokiga, «do'stona» foydalanuvchi interfeysining yuqori darajada bo'lishiga, umumiy va muammo mazmunidagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, EHM hisoblash tarmoqlari tufayli ma'lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan texnologiyadir. Zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratishning uch asosiy tamoyillari quyidagilar: Avtomatlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo'lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi. Avtomatlashtirish qachon zarur bo'ladi? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo'ladi: insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun etarli bo'lmasa; boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo'lsa; boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o'ta yuqori malakani talab etsa; boshqarish kerak bo'lgan jarayon o'ta tang yoki avariya holatida bo'lsa. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) - boshqaruv vazifalarini hal etish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.69 MB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.69 MB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga