Axborot xavfsizligi tushunchasi va siyosati slayd taqdimot

Axborot xavfsizligi tushunchasi va siyosati slayd taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot xavfsizligi tushunchasi va siyosati slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Axborot xavfsizligi siyosati Reja: 1.Kirish; 2. Axborot xavfsizligi tushuncasi; 3. Axborot xavfsizligi siyosati; 4.Axborot muhofaza qilishning davlat tizimi; Kirish. Axborotni muhofaza qilish davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnikani qo'llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi. Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy,tashkiliy-boshqaruv va me'yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Shu bilan birga mamlakat milliy xavfsizligini ta'minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat xavfsizligini axborot sohasidagi ishki va tashqi tahdidlardan himoyalashga yo'naltirilgan. Axborot xavfsizligi tushunchasi. Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki su'niy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta'sirlangan axborot va uni qo'llab-quvvatlab turuvchi infrastrukturaning himoya-langanligi tushuniladi.Bunday ta'sirlar axborot sohasidagi munosabatlarga, jumladan, axbo-rot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo'llab quvvat-lovchi infrasturturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Axborot xavfsizligi siyosati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentabridagi O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsiz-ligini ta'nimlash markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida gi qarori bilan markazlar tashkil etildi va faoliyati yo'lga qo'yildi. Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko'rinishda yo'qotishda (o'g'irlash, buzish, qalbakilash- tirish) ko'riladigan zararning oldini olishni ta'minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me'yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko'ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni mufofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy - texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi. Bugungi kunda axborot xavsizligini ta'minlaydigan uchta asosiy tamoil ya'ni ma'lumot butunligi, axborotning konfidensialligi va foydalanish huquqlariga ega barch foydalanuvchilan axborordan foydalana olishlari; bilan bir qatorda ayrim faoliyat sohalari (huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va maxsus tuzilmalar, bank va moliya institutlari,axborot tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari) ularda ko'riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko'ra, ularning axborot tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo'yich ua maxsus choralar ko'rilishini talab etadi. Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi unug o'z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirini kompleks tarzda o'tkazish axborot tarqab ketishi mumkin bo'lganxavfli kanallarni yo'q qilishni ta'minlaydi.Vaholanki, birgina ochiq qolgan axborotning tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi. Axborot hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan o'zaro bog'liq bo'lgan uchta tashkil etuvchi ya'ni axborot; texnik va dasturiy vositalar; xizmat ko'rsatuvchi personal va foydala-nuvchilarga e'tibor qaratiladi. Axborotni muhofaza qilish tamoillarini uch guruhga bo'lish mumkin: Huquqiy, tashkiliy hamda texnik razvedkadan himoyanishda va hisoblash texnikasi axborotga ishlov berishda axborotni muho-faza qilishdan foydalanish. Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 113.58 KB
Ko'rishlar soni 1012 marta
Ko'chirishlar soni 298 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 113.58 KB
Ko'rishlar soni 1012 marta
Ko'chirishlar soni 298 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga