Bir tildan ikkinchi tilga o'girish texnologiyalari, skanerlash va boshqalar

Bir tildan ikkinchi tilga o'girish texnologiyalari, skanerlash va boshqalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Bir tildan ikkinchi tilga o'girish texnologiyalari, skanerlash va boshqalar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari: bir tildan ikkinchi tilga o'girish texnologiyalari, skanerlash texnologiyasi va boshqalar. 22.01.2016 Mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari: bir tildan ikkinchi tilga o'girish texnologiyalari, skanerlash texnologiyasi va boshqalar. Reja: Tarjimon va konvertor dasturlari va ulardan foydalanish. Promt dasturi. Skanerlash texnologiyasi. Tarjimon va konvertor dasturlari va ulardan foydalanish Agar foydalanuvchi ingliz tilida yozilgan adabiyot va jurnallami o'qimoqchi bo'lsa-yu, lekin ingliz tilini bilmasa, yordamchi tarjimon dasturlardan foydalanish zarur. Buning uchun, avvalo, bu faylni kompyuterning qattiq diskiga yoki disketaga ko'chirib olish, so'ng Styles, Socrat, Promt yoki boshqa tajrimon dasturlar yordamida rus tiliga tarjima qilishingiz mumkin. Keyinchalik o'zbek tiliga tarjima qiladigan dasturlar ham albatta paydo bo'ladi. Avtomatik tarjima vositalaridan foydalanish. Avtomatik tarjima dasturiy vositalarini shartli ravishda ikkita toifaga bo'lish mumkin. Birinchi toifa kompyuter lug'atlaridan iborat. Kompyuter lug'atlarining vazifasi oddiy lug'atlar vazifasi bilan bir xil: noma'lum so'z mazmunini anglatadi. Kompyuter lug'atlarining afzalligi kerakli so'z mazmunini ular vositasida avtomatik izlash hamda topishning qulayligi va tezligidadir. Avtomatik lug'at, odatda, tegishli klavishlar kombinatsiyasini bosish orqali so'zlarni tarjima qilish imkonini beradi. Lug'at nafaqat so'zlar, balki tipik so'z birikmalarini ham o'zida jamlashi mumkin. Ikkinchi toifaga to'liq matnni avtomatik tarzda tarjima qilishga imkon beruvchi dasturlar kiradi. Ular bir tildagi (xatosiz tuzilgan) matnni qabul qilib, boshqa tildagi matnni beradi. Ish jarayonida dastur keng qamrovli lug'atlar, grammatik qoidalar majmuyi va dastur nuqtayi nazarida eng sifatli tarjimani ta'minlovchi boshqa omillardan foydalanadi. Promt dasturi Promt sistemasi universal, shu bilan birga ixtisoslashgan lug'atlardan iborat boy tarkiblarni, ulardan foydalanishni boshqaruvchi vositalarni o'z ichiga oladi. Bironta ham lug'atga kirmagan so'zlar tarjimasini mustaqil aniqlab, iste'mol lug'atida saqlaydi. Bundan tashqari, Promt dasturi atoqli ismlar va tarjima qilish talab etilmaydigan boshqa so'zlar, masalan, qisqartma so'zlar bilan ishlash qoidalarini ko'rsatish imkonini ham beradi. Dasturning qo'shimcha imkoniyatlari fayllarning turkum tarjimalari, tahrir qilinmagan matnlarning tezkor tarjimalari, shuningdek, Internetdagi Web sahifalarni sinxron tarjima qilish kabilarni o'z ichiga oladi. Ushbu vositalar alohida ilova dasturlar sifatida amalda tatbiq etilgan. Promt interfeysi Windows operatsion sistemasi talablariga muvofiq amalga tatbiq etilgan. Dasturni ishga tushirgandan so'ng ekranda menyu satri, asbob panellari satri va ishchi sohasidan iborat ilova darchasi ochiladi. Fine Reader dasturi Fine Reader dasturi Rossiyaning AVVUU (ww.vitsoft) kompaniyasida ishlab chiqiladi. Bu dastur rus, ingliz, nemis, ukrain, fransuz va boshqa tillardagi matnlarni anglash uchun mo'ljallangan. Fine Reader bilan ishlash uchun skaner zarur. Matnlarni kompyuterga kiritish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi: skanerlash; tasvirlardan bloklarni ajratish; anglash. Skanerlash Fine Reader dasturi orqali ham amalga oshiriladi. Bunda skanerlangan matn sahifalari kompyuter (sahifalarida) xotirasida saqlanadi, ya'ni odatdagi grafik fayl ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 53.54 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 53.54 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga