C++ dasturlash tilida amallarni qayta yuklash Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali assistenti Abdumalik Abdugopporovich Xoitqulov Reja: Amallarni qayta yuklash haqida tushuncha. Strukturalarda amallarni qayta yuklash. Amallarni qayta yuklash haqida tushuncha C++ dasturlash tilining imkoniyatlardan biri shundaki unda amallarni qayta yuklash, yani har bir obyektlar uchun turli amallar bajarishni nazorat qilish mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, C++ dasturlash tilining ma'lumotlari turlari ustida bajariladigan amallar, yani, qo'shish, ayrish, ko'paytirish va hoka'zolar. C++ dasturlash tili obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lganligi sababli bu tilda yaratilgan dasturlarning ko'pginasi obyektlar bilan ishlaydi. Bu dasturlarda obyektlar ustida turli amallar bajarishi mumkin. Masalan, matematika kursidan bizga malumki, kompleks sonlar ustida turla amallar bajarish mumkin. Quyidagi misolni matematik jihatdan ishlab chiqamiz. 1 - misol: 5+2i va 2-5i kompleks sonlari berigan bo'lsin. Bu sonlarni yig'indisini, ayirmasini va ko'paytmasini toping. Biz bilamizki matematika kursida i2 = -1. Misoldagi sonlarni ikkita alohida qismlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi sonning haqiqiy soni qismi 5 ga kompleks qismi esa 2i ga teng. Ikkinchi son ham huddi birinchi son kabi ikki qismga bo'linadi. Bu ikki kompleks sonlarni yig'indisi (ayirmasi)ni topishda ularning har bir qismlari alohida qo'shiladi (ayriladi). Yig'indisi: 5 + 2i + 2 - 5i = 7 - 3i, Ayirmasi: 5 + 2i - (2 - 5i) = 3 + 7i Ko'paytmasi: (5 + 2i) * (2 - 5i) =10 - 25i + 4i - 10i2 = 20 - 21i Kompleks sonlarni ustida amallar yuqorida ko'rsatilgandek bajariladi. Amallarni qayta yuklash uchun operator xizmatchi so'zidan foydalaniladi. natijaviytip operator amalbelgisi (…) Strukturalarda amallarni qayta yuklash 8 Strukturalarni elon qilish vaqtida amallar qayta yuklanadi. Kompleks sonlar uchun quydagicha struktura tuzish mumkin. struct Complex float re; float im; ; 1 - misolni ishlash uchun birinchi navbatda struktara elon qilinadi. So'ngra tuzilgan struktura yordamida o'zgaruvchilar elon qilinib ularga qiymat beriladi va ularning yig'indisi quyida berilgan dastur yordamida topiladi. #include using namespace std; struct Complex float re; float im; ; int main() Complex a = 5,2,b = 2,-5; Complex c; c.re = a.re + b.re; c.im = a.im + b.im; cout ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 19:14:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
265.49 KB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 19:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
265.49 KB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: pptx