Dasturiy ta'minot, dasturiy mahsulot, ularning tavsiflari va klassifikasiyasi

Dasturiy ta'minot, dasturiy mahsulot, ularning tavsiflari va klassifikasiyasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Dasturiy ta'minot, dasturiy mahsulot, ularning tavsiflari va klassifikasiyasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Dasturiy ta'minotning holati va rivojlanish tendensiyalari. Dasturiy mahsulotlar, ularning asosiy tavsiflari va klassifikasiyasi. Reja: Dasturiy mahsulotlar va ulaming asosiy tavsifnomalari Dasturiy mahsulotlarning sinflari Dasturiy mahsulotlar va ulaming asosiy tavsifnomalari Dasturiy ta'minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan. Dasturiy ta'minot to'g'risida Servis dasturiy ta'minoti Dasturiy ta'minot to'g'risida Dastur (Program, routine) - vazifani yechish uchun kompyuter buyruq (ko'rsatma)larining tartiblashgan ketma-ketligidir. Dasturiy ta'minot (sowtware) - m'alumotlarni qayta ishlash dasturlari va ulami ishlatish uchun kerakli hujjatlar to 'plamidir. Dasturlar mashina yordamida vazifani yechish uchun ishlatiladi. Vazifa va ilova atamalari informatikada va dasturiy ta'minotda ko'p ishlatiladi. Vazifa (problem, task) - yechilishi kerak bo'lgan muammodir. Ilova (arrlication) - vazifani kompyuterda dasturiy yechishdir. Dasturiy ta'minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog'liq holda, uni ikki guruh: tizimli dasturiy ta'minot va amaliy dasturiy ta'minotga boiish mumkin. Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me'yordagi ish muhitini ta'minlaydi. Tizimli DT ba'zida kompyuteming bir qismi deb ham hisoblashadi. Amaliy dasturiy ta'minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo'ljallangan. Tizimli DTni tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar; Servis dasturlar; Dasturlashtirish tillari translyatorlari; Texnik xizmat dasturlari. Operatsion tizimlar (ОТ) Operatsion tizimlar (ОТ) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqani ta'minlaydi. ОТ kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to'g'ri hisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlami tahlil qiladi, qiyinchiliklar paydo bo'lganda nima qilish zarurligi haqida ko'rsatma beradi. ОТ ni uch guruhga bo'lish mumkin: Bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); Ko'p vazifali (ko'p kishi foydalanuvchi); Tarmoqli. Bir vazifali ОТ bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarishi uchun mo'ljallangan. Ko'p vazifali ОТ vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo'lib foydalanishni ta'minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur-vazifalar bo'ladi va prosessor kompyuter resurslarini vazifalar o'rtasida taqsimlaydi). Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlaming paydo boiishi bilan bog'liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta'minlash uchun mo'ljallangan. Servis dasturiy ta'minoti Servis dasturiy ta'minoti - foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo'shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar yig'indisidan iboratdir. Funksional imkoniyatlariga ko'ra, servis vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: Foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar; Ma'lumotlami buzilish va qoidasiz kirishlardan himoya qiluvchilar; Ma'lumotni qayta ishlovchilar; Disk va tezkor xotira qurilmasi o'rtasida ma'lumot alma- shuvini tezlashtiruvchilar; Virusga qarshi vositalar. Dasturlashtirish tili translyatori Dasturlashtirish tili translyatori deb dasturlashtirish tilidan (odatda) mashina kodiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.76 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.76 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga