O'zbekiston Respublikasi Toshkent Temir Yo'l Muhandislari Instituti Mustaqil Ish Delphi dasturlash tili Bajardi: Nasrullayev A.U Tekshirdi: Egamberdiyev B.B Toshkent 2012 Delphi dasturlash tilida turlar , standart funksiyalar Delphi dasturlash tilida boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda foydalanayotgan yoki dasturni bajarish jarayonidan hosil bo'ladigan ma'lumotlarni xususan , sonli, belgili, matnli va mantiqiy ma'lumotlarni dastur boshlanmasidan oldin tavsiflab qo'yish kerak bo'ladi yoki e'lon qilib qo'yish kerak bo'ladi . Boshqa ma'lumotlar standart turlarga va dasturchi tomonidan kiritiladigan turlarga bo'linadi . Standart turlarga : butun, haqiqiy, belgili, satriy(matnli) va mantiqiy turlar kiradi . Har bir tur ma'lum bir diapazondagi qiymatlarnigina qabul qila oladi . Bundan tashqari ko'rsatkichli, sanoqli, sana va vaqt turlari ham mavjud . Butun sonlar qiymatlar sohasi: -2147483648 dan 2147483647 gacha. Belgili turlar : ixtiyoriy bitta belgini saqlashi mumkin (a) va bunda tegishli belgi qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi. M: a=+ Satrli turlar : belgili turlar kabi ixtiyoriy sondagi belgilardan iborat bo'ladi . M: C=191-guruh Mantiqiy turlar : ikkita qiymatni qabul qilishi mumkin . rost yoki yolg'on va u Bolean nomi bilan tavsiflanadi . Dasturning bajarilish jarayonida qiymati o'zgarmaydigan kattaliklar o'zgarmaslar deyiladi. Dasturning bajarilish jarayonidaqiymati o'zgaradigan kattaliklar o'zgaruvchilar deb ataladi. Har qanday o'zgaruvchi o'zining nomiga ega bo'lishi shart . O'zgaruvchining nomi albatta lotin harfidan boshlanishi shart . Delphi dasturlash tilida oldindan kiritib qo'yilgan standart funksiyalar va protseduralar mavjud . |x| - abs(x) Sinx - sin(x) Cosx - cos(x) Arctgx - arctan(x) lnx - ln(x) [x] - int(x) Delphi dasturlash tilida o'zlashtirish, kiritish va chiqarish operatorlari Operator - bu berilgan dasturlash tili EHM da ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonidagi ma'lum bir tugallangan amalni ko'rsatish uchun mo'ljallangan ko'rsatma . O'zlashtirish operatorlari O'zgaruvchilarga tegishli qiymatlarni dasturning o'zida berish hamda ifodaning qiymatini hisoblash uchun o'zlashtirish operatori qo'llanadi . Operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha: V:=A , bunda V - o'zgaruvchi nomi , A - ifoda , o'zlashtirish operatori . Bu operatorning bajarilishi quyidagicha : belgidan o'ng tomondagi ifodaning qiymati hisoblanadi va uni chap tomondagi o'zgaruvchi o'zlashtiradi . Bu operator bajarilishi uchun belgidan o'ng tomondagi ifoda qatnashgan barcha o'zgaruvchilarning qiymatlari aniqlangan bo'lishi shart . Kiritish operatori Dasturda qatnashayotgan o'zgaruvchilarga boshlang'ich ma'lumotlarni berish uchun kiritish operatori qo'llaniladi . Kiritish operatori quyidagi ko'ronishlarda bo'lishi mumkin: 1. Readln(a,b,s,…) 2. Read(a,b,s,…) 3. Readln Bunda a,b,s,… -lar qiymatlari kiritilishi kerak bo'lgan o'zgaqruvchilar ro'yxati . Read(a,b,s,…) -operatori bajarilganda a,b,s,… o'zgaruvchilarning qiymatlari ketma-ket probel tashlanib kiritiladi . Readln - bunda berilganlar kiritilgandan keyin yangi satrga o'tish ta'minlanadi . Read(a,b,s,…) va Readln operatorlarining birgalikda qo'llanishi Readln(a,b,s,…) operatoriga ekvivalent ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 19:14:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
433.17 KB
Ko'rishlar soni
715 marta
Ko'chirishlar soni
141 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 19:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
433.17 KB
Ko'rishlar soni
715 marta
Ko'chirishlar soni
141 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:25 ]
Arxiv ichida: pptx