Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlarning qo'llanilishi

Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlarning qo'llanilishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlarning qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash, disklarni fragmentasiyasini bekor qilish, ularning ishini tezlashtirish. 30.11.2015 Reja: Xizmat ko'rsatuvchi dasturlarning qo'llanilishi. Buzilgan fayllar va disklarni tiklash. Diskka xizmat ko'rsatuvchi dasturlar. 1. Xizmat ko'rsatuvchi dasturlarning qo'llanilishi. Shaxsiy kompyuter (ShK) larning axborotlarni uzoq va ishonchli saqlovchi vositasi bu magnit disklardir. ShK larning ishlash jarayonida tezkor xotira va magnit disk (MD) qurilmasi o'rtasida uzluksiz axborot almashinuvi amalga oshiriladi. ayniqsa qattik disk bilan bu jarayon intensiv amalga oshadi. Disklarning yuqori sifatli tayyorlanganligiga qaramay, amalda ShK ning magnit diskidagi axborotlarni buzilishi hollari sodir bo'ladi. Ba'zan esa MD ning fayllar tizimida buzilishlar sodir bo'ladi. Bu buzilishlar quyidagi sabablarga ko'ra sodir bo'lishi mumkin: diskning fizikaviy shikastlanishidan; magnit disk sirtining ifloslanishidan; kompyuterning avariyali uchirilishidan; disketani disk yurituvchi qurilmadan vaqtida olmaslikdan; dasturning avariyali yakunlanishidan sung operatcion tizimni qayta yuklaganda; viruslar ta'sirida. Bulardan tashqari fayllar joylashuvidagi o'zgarishlar kompyuter ishlashini bir qancha sekinlashtirishi mumkin. Diskdagi axborotni tiklash Ishlash jarayonida uchib ketgan katalog va fayllarni qayta tiklash uchun quyidagi dasturlar ishlatiladi: MS-DOS tarkibiga kiruvchi Undelete dasturi; Norton Utilites servis dasturi majmuasiga kiruvchi Unerase dasturi; PCTOOLS dasturi. O'chib ketgan axborotni tiklashni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun diskka xech qanday axborot yozilmagan bo'lishi kerak. Winows OT uchun Recuva; R-Studio. Unrerase dasturi va uning ishlash tamoyili Fayl yoki katalog o'chirilganda, uni MS-DOS butunlay o'chirmaydi, balki uning nomidagi birinchi simvolini ASCII jadvalidagi 229 kodli simvol bilan almashtiradi. Keyingi o'qishlarda bu fayl joylashgan joy bo'sh joy sifatida qabul kilinadi. O'chib ketgan faylni tiklash uchun bu dastur dastlab ko'rsatilgan katalogda bu fayl borligini aniklaydi. Keyingi qilinadigan harakatlar faylning o'lchami va joylashuvi bilan bog'liq. Agar fayl bir nechta ketma-ket keluvchi klasterlarni egallaydigan bo'lsa, bularning hammasini tiklanayotgan faylga beradi. Agar fayl bir nechta tarqoq keluvchi klasterlarda joylashgan bo'lsa, dastur bulardan bir-biriga yaqin keluvchi bo'sh klasterlarni fayl uchun birlashtiradi. Bunday holda kerakli klasterlarni qo'lda ajratish kerak. O'chirilgan fayllarni muvaffakiyatli tiklashning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi: -fayl klasterlarining uzluksiz joylashuvi; -faylga tegishli klasterlarning yangi yozilgan fayllar tomonidan egallanib qolmasligi. Jadval - 1. Unerase dasturining ekrani Dasturni ishga tushirish uchun Unerase yozib, Enter bosiladi. Ekranda o'chgan kataloglar va fayllarning ro'yxati paydo bo'ladi. Bu ro'yxat birinchi jadvalda ko'rsatilgan ko'rinishda bo'ladi. Name ustunidagi nomlar turli xil ko'rinishda chikarilgan bo'lishi mumkin. quyidagi xollar uchrashi mumkin: nom to'liq chiqarilgan - Bu fayl SmartSan utiliti yordamida saqlab qo'yilgan va 100% tiklash ehtimoli bor; ? simvoli bilan boshlanadi. Bu fayl o'chirilgan bo'lib 1-simvoli ko'rsatilgandan keyin tiklashga beriladi; nom bosh xarflar bilan berilgan bo'lsa, bu katalog bo'lib, unga Enter tugmasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 87.18 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 87.18 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga