Internetda axborot qidiruv tizimlari slayd taqdimot

Internetda axborot qidiruv tizimlari slayd taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetda axborot qidiruv tizimlari slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

INTYeRNYeTDA AXBOROT QIDIRUV TIZIMLARI Mavzular Qidiruv tushunchasi; Axborotlarni qidirish; Axborotlarni parametrlari bo'yicha qidirish; Rasmlarni qidirish; Musiqa va filmlarni qidirish; WW.o'z - milliy axborot qidiruv tizimi; Mashhur Internet qidiruv tizimlari; Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari; Qidiruv tizimlaridan to'g'ri maqsadda foydalanish. Internet tarmog'ida qidiruv tushunchasi Internet tarmog'ida ma'lumotlarni qidiruv - bunda har bir foydalanuvchi o'ziga kerakli bo'lgan biror ma'lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo'ladi. Internet tarmog'i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo'yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo'lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. Internet tarmog'ida qidiruv tushunchasi Internet tarmog'i shunday bir muhitki u o'zida turli ko'rinishdagi va turli tillardagi ko'plab axborotlarni jamlagan. Internet tarmog'ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o'zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so'zdan tashkil topgan so'rovlardan foydalanadi. Internet tarmog'ida ma'lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so'zlar va jumlalar bo'yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma'lumotga doir so'z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Axborotlarni parametrlari bo'yicha qidirish Har bir foydalanuvchiga Internet tarmog'i orqali o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni oson va tez kidirib topishi uchun axborotning parametrlari bo'yicha qidirish taklif kilinadi. Ular kuyidagilardan iborat: ma'lumotlarni uning tili bo'yicha qidiruv; ma'lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo'yicha qidiruv; ma'lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo'yicha qidiruv; ma'lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo'yicha qidiruv; ma'lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo'yicha qidiruv; ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv. Google tizimida Axborotlarni parametrlari bo'yicha qidirish Rasmlarni qidirish Internet tarmog'ida grafik ma'lumotlarning ko'plab turlari uchraydi, yani: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Rasm ko'rinishidagi ma'lumotlar ustida faqatgina uning nomi yoki turi bo'yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko'pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko'rinishidagi ma'lumotlarni qidirish uchun alohida bo'limga ega bo'lib, bu bo'lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo'yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Milliy axborot-qidiruv tizimi WW.o'z - bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog'idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Google qidiruv tizimi Google qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro'yxati Rambler qidiruv tizimi Rambler qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro'yxati Yandex qidiruv tizimi Yandex qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro'yxati Yahoo qidiruv tizimi Yahoo qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro'yxati Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari Axborot qidiruv tizimlari - bu veb-sayt hisoblanib Internet tarmog'ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Internet tarmog'ida malum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 346.46 KB
Ko'rishlar soni 452 marta
Ko'chirishlar soni 90 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 346.46 KB
Ko'rishlar soni 452 marta
Ko'chirishlar soni 90 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga