Kompyuter grafikasi   umumiy tushunchalar va grafik muharrirlar slayd taqdimot

Kompyuter grafikasi umumiy tushunchalar va grafik muharrirlar slayd taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter grafikasi   umumiy tushunchalar va grafik muharrirlar slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

KOMPYuTYeR GRAFIKASI haqida ASOSIY TUShUNChALAR. GRAFIK MUHARRIR haqida MA'LUMOTLAR. 1 Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarining matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to'g'risidagi fan sifatida aniqlash mumkin. Kompyuter tasvirlariga bo'lgan qiziqish, ularda juda katta hajmdagi ma'lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo'lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi. 2 Kompyuter grafikasi mustaqil yo'nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo'ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O'sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko'rinmas chiziqlarni o'chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo'nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga yani, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo'naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va obyektlarni o'rganishga qaratildi. 3 Bu yo'nalish uch o'lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o'lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o'lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog'liq masalalarning paydo bo'lishi uch o'lchovli grafikaga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirdi. 4 90-yillarda kompyuter grafikasining qo'llanish sohalari ancha kengaydi, yani uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo bo'ldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog'liq bo'lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo'nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Bu tamoyillarga ko'ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro'yxatga olish imkoniyati mavjud bo'lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo'ldi. 5 EHMlar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini taminlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarni quyidagi uchta guruhni ajratish mumkin: kimyo, tibbiyot, astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko'rgazmali namoyish etish; harakatdagi holatlar tasavvurini (imitatsiya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter o'yinlari va boshqalar); kino va televideniya uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar. 6 Grafik tasvirni hosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun kompyuter grafikasining uch turda - rastrli (nuqtali yoki pikselli), vektorli (obyektli), fraktal hosil qilinishini ko'rib chiqamiz. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog'ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. 7 Rastrli grafika. Rastrli grafikada tasvir nuqtalar (qog'ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko'p bo'lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hoka'zolar shuncha aniq ko'rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo'lib, unda gorizontal va vertikal yo'nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 158.68 KB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:53 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 158.68 KB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga