Mavzu: Komp'yuter grafikasi va uning turlari.(Photoshop, paint) 30.11.2015 Reja: Kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlari. Amaliy grafik dasturlar. Photoshop - rastrli grafik muharriri. Axborotning asosiy qismini inson ko'rish a'zolari orqali oladi. Ko'rgazmali axborotning o'zlashtirilishi oson bo'ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion sistemalarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik obyektlar: znachoklar (belgilar), darchalar va rasmlar ko'rinishida tasvirlanadi. Operatsion sistemaning barcha grafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo'l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi qurilmalar ishlatiladi. Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, unga ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayllarda bo'lgan nografik obyektlar o'rtasida bog'lanish o'rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi: vektorli grafika, rastrli grafika va fractal grafika. Ular o'rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o'tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)-larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo'ylab bir marta chopib o'tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo'ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo'llaniladi. Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr - ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasi. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlari yordamida kamdan kam holda yaratiladi. Ko'pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. Fraktal grafika, odatda, o'yin dasturlarida qo'llaniladi. 3. Photoshop - rastrli grafik muharriri Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun mo'ljallangan elektron ko'rinishdagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur. Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo'shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog'larni o'chirish, eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo'shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o'tish, suratdagi ranglarni o'zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo'lib, u gazeta va jumallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos. Adobe Photoshop dasturi quyidagicha ishga tushiriladi: 1. Пуск - Программы - Photoshop buyrug'i orqali. 2. Программы bo'limida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichqoncha»ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.Adobe Photoshop ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 19:14:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
173.74 KB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:53
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 19:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
173.74 KB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:53 ]
Arxiv ichida: pptx