Mavzu: Shaxsiy Kompyuter (SHK)ning tashqi qurilmalari Shaxsiy Kompyuter (SHK)ning tashqi qurilmalari - har qanday hisoblash kompleksining muhim tarkibiy qismidir, shuni aytish etarliki, tashqi qurilmalar, butun SHK narxining 80 - 85 % ini tashkil еtadi. SHK ning tashqi qurilmalari, mashinani tashqi muxit: foydalanuvchilar, boshqarish ob'ektlari va boshqa ЕHMlar bilan o'zaro ishini ta'minlaydi. Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi: Tashqi еslab qolish qurilmalari (TЕQQ) yoki SHK ning tashqi xotirasi; foydalanuvchining muloqat vositalari; ma'lumotlarni kiritish qurilmalari; ma'lumotlarni chiqarish qurilmalari; aloqa va telekommunikatsiya vositalari. Foydalanuvchining muloqat vositalari o'z tarkibiga videoterminallarni va ma'lumotni nutqli kiritish-chiqarish qurilmalarini oladi. Videomonitor (displey) - SHK ga kiritilayotgan va undan chiqarilayotgan ma'lumotlarni aks еttirish qurilmasidir. Nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari tez rivojlanayotgan multimedia vositalariga kiradi. Nutqli kiritish qurilmasi - bu turli xil mikrofonli akustik tizimlar, tovushli sichqonlar, masalan, odam talaffuz qilayotgan harf va so'zlarni anglay oladigan, ularni identifikaciya qiladigan va kodlaydigan murakkab dasturli ta'minot. Nutqli chiqarish qurilmasi - bu kompyuterga ulangan baland gapiruvchilar (dinamiklar) yoki tovushli kolonkalar orqali ishlab chiqariladigan, raqamli kodlarni harf va so'zlarga o'zgartirishni bajaradigan turli xil tovush sintezatorlari. Ma'lumotlarni kirtish qurilmalariga quyidagilar kiradi: klaviatura - SHK ga sonli, matnli va boshqaruvchi axborotni qo'lda kiritish uchun qurilma; grafik planshetlar (digitayzerlar) - planshet bo'yicha maxsus ko'rsatkichni (peroni) harakatlantirish yo'li bilan grafik ma'lumotlarni, tasvirlarni qo'lda kiritish uchun pero siljiganda uning koordinatalari uqiladi va bu ma'lumotlar SHKga kiritiladi; skanerlar (o'quvchi avtomatlar) - mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarni qog'ozdagi tashuvchilardan avtomatik o'qish va SHK ga kiritish uchun; ko'rsatish qurilmalari (grafik manipulyatorlar) - grafik axborotni displey еkraniga kiritish uchun kursor harakatini еkran bo'yicha boshqarish yo'li bilan va keyinchalik kursor koordinatini kodlash va uni SHK ga kiritish bilan (joystik - richag, sichqoncha, trekbol - gardishdagi shar, yorug'lik perosi va b.); Ma'lumotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi: printerlar - ma'lumotni qog'ozli tashuvchida qayd еtish uchun yozuvchi qurilma; grafik ko'ruvchilar (plotterlar) - grafik ma'lumotni (grafiklar, chizmalar, rasmlar) SHK dan qog'ozdagi tashuvchiga chiqarish uchun. Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari priborlar va avtomatlashtirishning boshqa vositalari bilan (interfeyslar moslashtiruvchilari, adapterlar, raqamli-analog va analog-raqamli o'zgartirgichlar va sh.o'.) aloqa qilish uchun va SHK ni aloqa kanallariga, boshqa ЕHM va hisoblash tarmoqlariga (tarmoqli interfeysli plata, ulanishlar, qiymatlarni uzatish multipleksorlari, modemlar) ulash uchun ishlatiladi. Multimedia (multimedia - ko'p vositalilik) vositasi - bu apparat va dastur vositalari to'plani bo'lib, u odamga kompyuter bilan o'zi uchun tabiiy bo'lgan turli xil muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va b. ishlatib, muloqot qilishni ta'minlaydi. Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarni nutqli kiritish ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 19:14:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
49.85 KB
Ko'rishlar soni
345 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 19:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
49.85 KB
Ko'rishlar soni
345 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:55 ]
Arxiv ichida: pptx