Kompyuter va uning ta'minoti, vazifasi slayd taqdimot

Kompyuter va uning ta'minoti, vazifasi slayd taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter va uning ta'minoti, vazifasi slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

KOMPYuTYeR VA UNING TA'MINOTI RYeJA Kompyuter va uning vazifasi; Kompyuter qurilmalari va ularning vazifalari; Kompyuterda multimedia (audio, video) ma'lumotlarini namoyish etish; Axborot tushunchasi; Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video; Axborot birliklari, axborotning o'lchov va hajm tushunchalari; Fayl tushunchasi va ularning turlari; Fayllar ustida bajariladigan amallar; Axborot resurslari va tizimlari. Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo'yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo'ljallangan elektron mashina. Kompyuter so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, hisoblash, hisoblagich degan manolarni bildiradi. Noutbuk va netbuklar Noutbuk - mobil ixcham shaxsiy kompyuter bo'lib, uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo'ladi. Bunday kompyuterlarning ko'pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Netbuk - Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo'ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o'lchamlari, kichik vazni, kam energiya istemoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari Sichqoncha (ingl. mouse - sichqon) ma'lumot kiritish qurilmasi bo'lib, biror tekislik bo'ylab harakatlantirilganda ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma'lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos yo'nalishlarda harakatlanadi. Klaviatura (ingl. keyboard) kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko'magida amalga oshiriladi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo'ladi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Videoproyektor va ekran proyektorlar va ekranlar ma'lumotlarni yirik o'lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o'lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, ko'proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi. Videoproyektor kompyuter va shunga o'xshash namoyish vositalarining alohida qo'shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo'ljallangan. Ekran - videoproyektor orqali yoritilayotgan materiallarni o'zida tasvirlovchi element. Printer va skaner qurilmalari va ularning ahamiyati Printer (ingl. Printer - chop qiluvchi) ma'lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma, purkovchi va lazerli. Bosma printer ignalar yordamida, purkovchisi naycha yordamida, lazerli printer esa maxsus baraban yordamida chop qiladi. Purkovchi hamda lazerli printerlar yordamida rangli ma'lumotlarni chop etish mumkin. Skaner (ingl. scanner - o'qib oluvchi) ma'lumotlarni nurli lampa yordamida rasmli ko'rinishda kompyuter xotirasiga o'qib oluvchi qurilma. Skanerlarning asosan ikki turi mavjud: stol usti skanerlari va qo'l skanerlari. Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar Flesh disklar juda katta hajmdagi axborotni o'z ichiga sig'dira oladigan yarim o'tkazgichli elementlardan qurilgan xotira. Hozirgi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.71 MB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.71 MB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga