Kompyuter va uning turlari slayd taqdimot

Kompyuter va uning turlari slayd taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter va uning turlari slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Temir yo'llari DATK Toshkent temir yo'l muhandislari instituti Informatika va kompyuter grafikasi kafedrasi Mustaqil ish Bajardi: AB-190 guruh talabasi Toshmatov J A. Qabul qildi: Xolboev O' Toshkent 2012 y Mavzu: Power Point KOMPYuTYeR VA ULARNING TURLARI Reja Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi; Noutbuk va netbuklar; Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari; Videoproyektor va ekran; Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar; Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo'yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo'ljallangan elektron mashina. Kompyuter so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, hisoblash, hisoblagich degan manolarni bildiradi. Noutbuk va netbuklar Noutbuk - mobil ixcham shaxsiy kompyuter bo'lib, uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo'ladi. Bunday kompyuterlarning ko'pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Netbuk - Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo'ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o'lchamlari, kichik vazni, kam energiya istemoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari Sichqoncha (ingl. mouse - sichqon) ma'lumot kiritish qurilmasi bo'lib, biror tekislik bo'ylab yurg'izilganda ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma'lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos yo'nalishlarda harakatlanadi. Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko'magida amalga oshiriladi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo'ladi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar Flesh disklar juda katta hajmdagi axborotni o'z ichiga sig'dira oladigan yarim o'tkazgichli elementlardan qurilgan xotira. Hozirgi kunda flesh xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo'lgan axborotni o'ziga sig'dira oladi. Flesh xotiralar o'lcham jihatidan juda kichik bo'lib foydalanish uchun juda qulash. CD disklar - bu kompakt disk so'zlarining bosh harflaridan olingan nomli disklar bo'lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, yumaloq disk ko'rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo'lib, unga ma'lumot disk o'quvchi qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o'qiladi. DVD disklar - bu dijital video disk so'zlarining bosh harfidan iborat nomli disklar hisoblanadi. Bu disklar 4.5 Gbayt hajmga ega bo'lib, CD disklarga nisbatan 7 barobar ko'p axborot sig'dirishi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 155.56 KB
Ko'rishlar soni 674 marta
Ko'chirishlar soni 150 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 155.56 KB
Ko'rishlar soni 674 marta
Ko'chirishlar soni 150 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga