Mavzu: Makroslar-ishlarni avtomatlashtirish vositasi sifatida. 21.12.2015 Reja: Microsoft Word da makros yaratish. Microsoft Word da VBA yordamida makros yaratish. Agar Microsoft Word dasturida ayni bir vazifani bir necha marotaba bajarish talab etilsa, bu ishni makros yordamida bajarish qulaydir. Makros - bu komp'yuterda kundalik ishlarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan buyruqlar to'plamidir. Ma'lum tartibdagi yagona ketma-ket harakatlar majmuidan iborat jarayonlarni doimiy ravishda bajarish lozim bo'lgan paytda, bu ish harakatlarni avtomatlashtirish maqsadida yaratilgan makros, vaqtni tejash bilan bir qatorda, shaxsiy kompyuterda ishlash qulayligani ham orttiradi. Makroslar ko'pincha quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: - doimiy ravishda bajariladigan tahrirlash yoki formatlash jarayonlarini tezlashtirish uchun; - bir nechta buyruqlarni birlashtirish uchun: masalan, ma'lum kattalikdagi va chegaralardan hamda aniq sondagi satrlar va ustunlardan iborat jadval tuzishda; - muloqot oynalari parametrlarida kirishni soddalashtirish uchun; - masalalardagi ketma-ket kelgan murakkab harakatlarni avtomatlashtirish uchun. Microsoft Word da makros yaratish uchun ikkita usulni qo'llash mumkin; - Makros yozish vositalari yordamida; - Visual Basic muharriri yordamida. Ko'pchilik makroslar bir necha qadamdan tashkil topgan jarayonlarni bajarish uchun mo'ljallangan. Bunda takrorlanishi lozim bo'lgan qadamlar to'plami yaratiladi. Jarayonni qayta bajarish lozim bo'lgan paytda makroslarni ishga tushirish kerak, xolos. Makros yozishni boshlashdan oldin undan har bir elementini qarab chiqish kerak, chunki yozish davomida barcha harakat, shu jumladan yo'l qo'yilgan noto'g'ri, xato xatti-harakat ham yozib olinadi. Makros yaratishdan oldin u qanday sharoitda ishlashini ham inobatga olish zarur. Faraz qilaylik, makros ma'lum bir hujjatga mo'ljallangan bo'lsin. Bunday holatda hujjatni ochish kerak. Agar makros belgilangan matn va sonlarni formatlash uchun xizmat qilsa, xuddi makrosni bajarishdan oldindagi kabi matn yoki sonlarni belgilash zarur. Harakatlar tartibi tekshirilib va makros bajarilishi uchun kerakli sharoitlar yaratilgach: Servis - Makros - Nachat' zapis' buyruqlar ketma- ketligi tanlanadi. Bunda ―Zapis' makrosa muloqot oynasi ochiladi. «Imya makrosa» maydonida yangi makros nomi kiritiladi. «Makros dostupen dlya» ro'yxatida makros saqlanishi lozim bo'lgan shablon yoki hujjatni kursatiladi. «Opisanie» maydonida makros haqidagi ma'lumotlar kiritiladi. Odatda bu maydonda makros qachon va kim (kompyuter xotirasiga kiritilgan foydalanuvchi nomi) tomonidan tuzilayotganligi haqidagi ma'lumot avtomatik ravishda yoziladi. Agar makrosga uskunalar panelida tugma belgilash yoki klaviaturada tugmalar mosligini berish yoki menyu buyrug'ini belgilash kerak bo'lmasa, OK tugmasini bosiladi. Bunday tartibda yaratilgan makrosni ishga tushirish uchun faqat uning nomiga murojaat qilinadi. YA'ni Servis - Makros - Makrosi buyruqlari tanlanadi. Ochilgan muloqot oynasidan makros nomi tanlanadi. 2. Microsoft Word da VBA yordamida makros yaratish. Bevosita word dasturida ko'rsatiladi. ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 19:14:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
116.21 KB
Ko'rishlar soni
309 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 19:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
116.21 KB
Ko'rishlar soni
309 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: pptx