Mavzu: Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MOBT): asosiy tushunchalar va funksional imkoniyatlari. 15.01.2016 Reja: Ma'lumotlar bazasi. Maydonlar . MBBT elementlari. Relyatsion ma'lumotlar bazasi. MBBS arxitekturasi. 1. Ma'lumotlar bazasi Ma'lumotlarni saqlash - kompyuterning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasi esa bu jarayonda ishtirok etuvchi eng muhim omil sanaladi. MBBT - (m a'lumotlar bazasini boshqaruvchi tizim) ma'lumotlar bazasi hosil qilish, ulami to'ldirish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi tizimdir. MBBTda qo'llaniluvchi fayl ham har qanday fayl kabi 2 qismdan: fayl nomi va kengaytmasidan tashkil topadi, fayllarning kengaytmalari fayllar tipini aniqlaydi. Fayl nomi xohlagan harf, raqam va boshqa belgilardan (defisdan tashkari) tashkil topishi mumkin, fayl nomi harf bilan boshlanishi va bo'sh pozitsiya (probel)larga ega bo'lmasligi kerak. Hozirgi kunda ko'plab MBBTlar qo'llanilmoqda, ulaming asosiy qismi maxsus til sifatida yaratilgan. Bu tizimlarni yaxshi o'zlashtirgan foydalanuvchi o'zi uchun qulay dasturlar yaratishi, MBlar ustida amallami bajara olishi mumkin. Bunday tizimlar sarasiga Clirrer, Paradox, FoxPro tillarini ko'rsatish mumkin. Ma'lumotlar bazalarining (MB) aksariyat ko'pchiligi jadvalsimon tuzilishga ega. Jadvalsimon tuzilishda kerakli ma'lumotlar qator va ustunlaming kesishishi bilan aniqlanadi. MB da ustunlar - mavdonlar. qatorlar - vozuvlar deyiladi. Maydonlar MB strukturasini tashkil qilsa, yozuvlar esa unda saqlanuvchi ma'lumotni o'zida aks ettiradi. Oddiy bazalarni maxsus dasturiy vositalarsiz ham tuzish mumkin. Fayl ma'lumotlar bazasi bo'lishi uchun undagi axborot struktura maydonga ega bo'lishi lozim va shunday formatlangan bo'lishi kerakki, qo'shni maydonlarning tarkibi oson ajralib turishi lozim. Oddiy bazalarni Bloknot kabi matnli muharrirda ham hosil kilish mumkin, ya'ni oddiy matnli fayl maxsus formatlanganda ma'lum bazasi bo'la oladi. Matnli ma'lumotlar bazalarini ikki xil formatlash mumkin: 1) berilgan ajratuvchi bilan; 2) fiksatsiyalangan maydon uzunligi bilan. 2. Maydonlar. MB strukturasining asosiy elementlari - bu maydonlardir. Ular bir qancha xususiyatlarga ega. Maydonga qanday axborot kiritish mumkin va undagi axborot bilan qanday vazifalarni bajara olish mumkinligi maydon xususiyatlariga bog'liq. Masalan, NARX maydonida joylashgan ma'lumotlarni qo'shish yo'li bilan ma'lum bir natija olishimiz mumkin. Lekin TELEFON RAQAMI deb nomlangan maydondagi ma'lumotlarni (telefon raqamlari raqam bilan yozilgan bo'lsa ham) qo'shish mumkin emas. Demak, bu maydonlar turli xususiyatlarga ega va har xil tiplarga taaluqlidir. Har qanday maydonning asosiy xususiyati bo'lib uning uzunligi hisoblanadi. Maydon uzunligi ramziy belgilar bilan ifodalanadi. Maydonga qancha ma'lum joylashishi uning uzunьgiga bog'liq. Ramziy belgilar bitta yoki ikkita baytlar bilan kodlanadi, shuning uchun shartli ravshda maydon uzunligini baytlarda o'lchash mumkin. Maydonning noyob xususiyatlaridan biri - uning nomidir. Bitta ma'lumot bazasi bir xil nomdagi ikki maydonga ega bo'la olmaydi, chunki kompyuter ularning tarkibidan adashib ketadi. Ammo maydonning nomidan tashqari - imzo deb nomlangan yana ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 19:14:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
95.48 KB
Ko'rishlar soni
387 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 19:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
95.48 KB
Ko'rishlar soni
387 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:03 ]
Arxiv ichida: pptx