ma'lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari Monitorlar - kompyuter xotirasidagi axborotlarni insonga tushunarli ko'rinishda tasvirlaydi. Klaviatura - kompyuter va kompyuter xotirasiga ma'lumotlarni kiritish. Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo'yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo'ljallangan elektron mashina. Kompyuter so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, hisoblash, hisoblagich degan manolarni bildiradi. Noutbuk va netbuklar Noutbuk - mobil ixcham shaxsiy kompyuter bo'lib, uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo'ladi. Bunday kompyuterlarning ko'pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Netbuk - Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo'ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o'lchamlari, kichik vazni, kam energiya istemoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari Sichqoncha (ingl. mouse - sichqon) ma'lumot kiritish qurilmasi bo'lib, biror tekislik bo'ylab yurg'izilganda ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma'lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos yo'nalishlarda harakatlanadi. Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko'magida amalga oshiriladi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo'ladi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Multimedia vositalari Multimedia vositalari yordamida axborotlarni matnli, tasvirli, tovushli va animatsiyali ko'rinishda namoyish etish mumkin. Multimediali axborot resurslari animatsiyali, audio va video ma'lumotlardan tarkib topadi. Multimedia vositalari bu: nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari (mikrofon, kuchaytirgichlar, tovush kolonkalari); Animatsion va video ma'lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari (videokameralar, videoproyektor va ekranlar) tovushli va video ma'lumotlarni saqlovchi optik disklar Multimedia ma'lumotlari strukturasi Multimedia resurslari tarkibini tashkil etuvchi ma'lumotlar turlari va ularning o'zaro bog'liqlik sxemasi Internet - bu butun jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir, yani yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'idir. Internet - minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi hisoblanadi. WW - World Wide Web - butun dunyo o'rgamchak to'ri hisoblanib, Internet resurslarini tashkil etish va undan foydalanishni ta'minlab beradi. Internet nima? Internetning asosiy tushunchalari Internetning asosiy tushunchalari: Internet - International network - xalqaro tarmoq manosini anglatadi Veb sayt - biror bir sohaga, faoliyatga, voqea va hodisaga bag'ishlangan ma'lumotlarni o'zida jamlagan Internet sahifalar majmui. Internet provayder - Internet tarmog'i xizmatlaridan foydalanishni ta'minlab beruvchi yuridik shaxs. Elektron pochta - Internet tarmog'i orqali tezkor ma'lumotlar va xabarlar almashish tizimi Chat - Internet tarmog'i orqali tezkor muloqotni yozishuv asosida tashkil qilish xizmati Forum - Internet tarmog'i orqali turli toifadagi masalalarni o'zaro muhokama qilish tizimi Internet konferensiya ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 19:14:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
506 marta
Ko'chirishlar soni
83 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 19:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
506 marta
Ko'chirishlar soni
83 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:03 ]
Arxiv ichida: pptx