Microsoft Word matn prosessori va uning imkoniyatlari taqdimot

Microsoft Word matn prosessori va uning imkoniyatlari taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Microsoft Word matn prosessori va uning imkoniyatlari taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Word matn prosessori. (Word matn prosessorining imkoniyatlari) 07.12.2015 Reja: Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha. Microsoft word protsessori bilan tanishish. Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha. Ma'lumki, inson ish faoliyati davomida ko'plab matnlarni qayta ishlashiga to'g'ri keladi. Hujjatlaming hamda elektron hujjatlarning ko'pchilik qismini matnlar tashkil etadi. Oddiy belgilardan tashkil topgan so'zlar to'plami matn deb ataladi. Kompyuterda matnli hujjatlarni tayyorlashda asosan uch guruh amallar bajariladi. Kiritish amalida tashqi shakldagi dastlabki matnni electron ko'rinishga, ya'ni fayl tarziga o'tkazish ko'zda tutiladi. Kiritish amalida nafaqat klaviatura yordamida kiritishni, balki kiritish vositalari yordamida (skanerdan o'tkazish, grafik shakldan matn formatiga o'tkazish) kabi vazifalami bajarish mumkin. Tahrirlash amalida mavjud matnli hujjatni o'zgartirish, unga qo'shish, o'chirish, matnni boiish va hokazo kabi amallar bajariladi. Kiritish va tahrirlash amallari yordamida matnli hujjatning tarkibi shakllantiriladi. Formatlash amali hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kerak va bu amalning buyruqlari hujjatning ekrandagi yoki qog'ozdagiko'rinishini aniqlaydi. Matnlarni kiritish va tahrirlovchi dasturlar matn muharrirlari deb, formatlashni ham bajaradigan dasturlar esa matn protsessorlari deb nom oldi. Microsoft word protsessori bilan tanishish. WORD for Windows, MICROSOFT WORD, WinWORD yoki oddiygina qilib WORD (kelgusida qisqaroq qilib WORD) yordamida yengilgina tashrif qog'ozlaridan tortib, gazetalaming asl maketi yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu tizim matbaachilikda haqiqiy inqilob bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Harf o'lchamlari, ularning ko'rinishi, matn rangi va foni, hujjatlarni ramkalash, rasm va fotosuratlami joylashtirish, matnlarni ro'yxat va jadval ko'rinishida rasmiylashtirish, murakkab hujjatlarni hosil qilish - bularning hammasi foydalanuvchiga yengillik yaratadi. WORD dasturini quyidagicha ishga tushirish mumkin: 1). Microsoft Office panelida Microsoft WORD panelini ishga tushirish; 2). «ПУСК» menyusidagi «ПРОГРАММЫ» menyusidan Microsoft WORD ni tanlash. WORD dan chiqish amali Alt+F4 yoki «Файл» menyusidagi «Выход» buyrug'i orqali amalga oshiriladi. WORD ning oynasi (1-rasm) WINDOWS ning darchalariga o'xshash va uning tarkibiga matnlarni tahrir qilish va formatlash uchun qo'llaniladigan barcha elementlar kiradi. WORD oynasining asosiy elementlari quyidagilardan tashkil topadi: - sarlavhalar paneli - yuqoridagi eng birinchi panel bo'lib, hujjat nomini saqlaydi. Shuningdek, ushbu panelda hujjatning menyu tugmachalari va oynalarni boshqarish tugmachalari joylashgan. - menyu qatori - yuqoridan ikkinchi o'rinda turuvchi va har biri o'z menyusiga ega menyular ro'yxati. Bu menyularni WORD ning juda ko'p buyruqlari uchun ishlatish mumkin. Bu menyular «Sichqoncha»ning o'ng tugmasi orqali ishga tushiriladi. Har bir menyu quyidagi vazifalar uchun mo'ljallangan: «Файл» menyusi - ochish, yaratish, saqlash, hujjatlarni chop etish va WORDdan chiqish; «Правка» menyusi - bekor qilish, yo'qotish, nusxalash, joylashtirish, matnni izlash va almashtirish, shuningdek, boshqa matnga o'tish; «Вид» menyusi - hujjatni ko'rish rejimini tanlash buyruqlari, uskunalar paneli va hujjat ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 206.86 KB
Ko'rishlar soni 288 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 206.86 KB
Ko'rishlar soni 288 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga