Operasion sistema va uning turlari taqdimot

Operasion sistema va uning turlari taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Operasion sistema va uning turlari taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Operasion sistema va uning turlari. Reja: Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilishi tarixi. Operatsion tizim haqida tushuncha. Operatsion sistema funksiyalari. DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar. OS2 oilasiga mansub operatsion tizimlar. UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar. WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar. 1. Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilishi tarixi. Sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operatsion sistema CPM-80 (Control Programm for Microcomputers, ya'ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nomi bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo'lgan. 16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g'oyasini dasturlar yaratuvchi Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan. U IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo'ladi. Bill Geyts va Pol Allen BASIC dasturlash tili uchun tarjimon dastur yozishdi va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so'ng 16 razryadli kompyuterlar uchun operatsion sistemalar yaratish jadallashdi va 1981 -yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CPM operatsion sistemasining ko'p g'oyalarini o'zida mujassamlashtirgan MS DOS operatsion sistemasi (Microsoft Disk Operation System - Maykrosoft diskli operatsion sistemasi) 1981-yil avgust oyida paydo bo'ldi.MS DOS 64 Kbayt xotiraga ega bo'lgan kompyuterlarga mo'ljallangan bo'lib, o'zi 8 Kbayt xotirani egallar edi. O'sha paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir «o'yinchoqqa» aylandi. Chunki hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi bir necha Gigabaytlarga tenglashdi. 2. Operatsion tizim haqida tushuncha Operatsion tizim kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EHM bilan muloqot qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion tizim yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardan axborotlarni o'qish va axborotlami disklarga yozish, amaliy dasturlami ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion tizimga ehtiyojning asosiy sababi, yuqoridagi ishlarni bajarish uchun kompyuteming quyi bosqichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to'g'ri keladi: 3. Operatsion sistema funksiyalari. Operatsion Sistema (OS) tushunchasi qisqacha izohlanadigan bo'lsa, bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo'linadi. Fizik resurslarga: - xotira; - vinchester; - monitor; - tashqi qurilmalar; - va shu kabilar kiradi. Dasturiy resurslar bu: - kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar; - kompyuter ishlashini ta'minlaydigan boshqaruvchi dasturlar; - berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; - drayverlar; - virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir. Dasturlash sistemasi dasturlash tillari va ularga mos til protsessorlari majmuasidan iborat bo'lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni ta'minlovchi dasturlar to'plamidan iborat. Dasturlash sistemasini tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 69.2 KB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 69.2 KB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga