Vatanimizda informatika fanining holati va rivojlanish istiqbollari

Vatanimizda informatika fanining holati va rivojlanish istiqbollari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Vatanimizda informatika fanining holati va rivojlanish istiqbollari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Vatanimizda informatika fanining holati va rivojlanish istiqbollari. Informatikaning tuzilmasi. Axborotni o'lchash va tasvirlash. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o'lchovlari. Z.Z.Shirinov Reja: Vatanimizda informatika fanining holati va rivojlanish istiqbollari. Informatikaning tuzilmasi. Axborotni o'lchash va tasvirlash. Aхbоrоt va uning хоssalari. Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko'pchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo'lmish bilimlami ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyat. Kibernetika hamda informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo'jaligiga joriy etish maqsadida 1956-yilda akademik M.T.O'rozboyev tashabbusi bilan O'zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida, V.I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo'limi ochildi. 1966-yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo'lgan Kibernetika instituti, 1978-yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-dekabr qarori bilan Fan va texnika bo'yicha Davlat Qo'mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo'yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Axborotlashtirish haqidagi (1993-yil, may), EHM va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi (1994-yil, may) qonunlar shular jumlasidandir. Vazirlar Mahkamasi Axborotlashtirish haqidagi Qonun talablarini bajara borib, 1994-yil dekabrda O'zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsepsiyasini ma'qulladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo'yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir: milliy axborot-hisoblash to'rini yaratish; axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me'yoriy hujjatlarini yuritish; axborotlami qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish; informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish; axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag'batlantirish va qo'llab-quwatlash; informatika vositalaridan foydalanuvchilami tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish. Konsepsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan «O'zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U uch maqsadli dastumi o'z ichiga oladi: a) milliy axborot-hisoblash tarmog'i; b) EHMni matematik va dasturiy ta'minlash; d) shaxsiy kompyuter. Xalq xo'jaligining ushbu yo'nalishida O'zbekiston Respublikasi ham yuqorida belgilab berilgan tamoyillami amalga oshirar ekan, axborotlashgan jamiyat sari shahdam qadamlar bilan bormoqda. Buning yorqin dalili sifatida 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni, ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V sessiyasida Prezident I.A. Karimov ko'targan masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-mayda qabul qilingan «2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, « Internetting xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorini va 2001-yilning may oyida respublikamizda birinchi marta o'tkazilgan Internet festivalini aytib o'tish mumkin. Axborotni o'lchash va tasvirlash. Kоmpyutеr faqat raqamli ko'rinishdagi aхbоrоtni qayta ishlaydi. Barcha bоshqa turdagi aхbоrоt(оvоzlar, tasvirlar va bоshq.) kоmpyutеrda qayta ishlanishi uchun raqamli ko'rinishga kеltirilishi zarur. Kоmpyutеrda barcha raqamlar 0 va 1 оrqali ifоdalanadi. Kоmpyutеr ikkilik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 105.99 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 105.99 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga