Axborot izlash va saralashda Exceldan foydalanish

Axborot izlash va saralashda Exceldan foydalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot izlash va saralashda Exceldan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Axborotni izlash va saralashda Excel jadval prosessoridan foydalanish. 21.12.2015 Reja: Ro'yxatdart ma'lumotlar ombori sifatida foydalanish. Satr va ustunlarni saralash Yozuvni qidirish uchun Автофильтр dan foydalanish. Ro'yxatdart ma'lumotlar ombori sifatida foydalanish Ro'yxat - bu doimiy formatli ma'lumotlar saqlanadigan satrlardir. Excelning ro'yxatlarga ishlov berish barcha buyruqlarini qabul qiluvchi varaq yaratish uchun ma'lum bir ko'rsatmalarga rioya qilishga to'g'ri keladi. Yaratilayotgan ro'yxat doimiy sondagi ustundan iborat bo'lishi kerak. Satrlar soni keyinchalik qo'shish, o'chirish imkonini beruvchi o'zgaruvchi hisoblanadi. Har bir ustunda bir xil tur axborot saqlanishi zarur, ro'yxatda bo'sh satr yoki ustun qolmasligi lozim (1-rasm). Sarlavha ostidagi katakchalar unda saqlanadigan ma'lumotlarga mos ravishda formatlanadi (pul yoki vaqt). Sarlavha ostiga ma'lumotlar kiritiladi. Satrlar soni ixtiyoriy bo'lishi mumkin; ro'yxatda bo'sh satrlar bo'lishi mumkin emas. Kiritish tugallanganidan so'ng kitob saqlab qo'yiladi. Ma'lumot kiritish uchun forma qo'lash. Ma'lumotlarga ishlov berishni osonlashtirish uchun Excelda Данные Форма (Data Form) buyrug'i mavjud (yozuvlar qo'shish, o'chirish va qidirishga mo'ljallangan). U bajarilganda ro'yxatdagi maydonlar va bir necha boshqaruv tugmalari bilan muloqot oynasi hosil bo'ladi (2-rasm). Kiritishda ma'lumotlarni tekshirish. Excelda kiritilgan ma'lumotlarni tekshirish amali mavjud bo'lib, uning yordamida varaqlarni kiritishdagi xatoliklardan himoya qilinadi. Дата Проверка (Data Validation) buyrug'i bajariladi - Проверка вводимых значений (Data Validation) muloqot oynasi ochiladi. So'ngra Параметры (Setting) qo'yilmasiga o'tiladi (3-rasm). 2. Satr va ustunlarni saralash Ro'yxatni saralash quyidagicha bajariladi: Ro'yxatda saralash talab qilingan katakcha tanlanadi. Данные Сортировка buyrug'i bajariladi. Excel ro'yxat barcha yuzuvlarini ajratadi va quyidagicha muloqot oynasi ochiladi: Bir necha ustun bo'yicha saralash quyidagicha bajariladi: Ro'yxatda saralash talab qilingan katakcha tanlanadi. Данные Сортировка buyrug'i bajariladi. Excel ro'yxat barcha yozuvlarini ajratadi va oynasini ochadi. Birinchi tartiblash uchun Сортировать по (Sort By) ro'yxati tanlanadi. Saralash turi beriladi (8-rasm). 3. Yozuvni qidirish uchun Автофильтр dan foydalanish. Ayrim hollarda ro'yxatda ma'lum talablarni qanoatlantiruvchi ro'yxatdan tashqarilarini berkitishga to'g'ri keladi. Buning uchun Фильтр Автофильтр (Filter AutoFilter) buyrug'i qo'llaniladi. Masalan, barcha ishchilar uchun yanvar oyida 1.00$ hajmida savdosi haqida ma'lumotlarni tasvirlash uchun ochiluvchi ro'yxatdan Oy ustunidan yanvar, Savdo (Hajmi) ustunida 1.00$ tanlanadi. Foydalanuvchi avtofiltri yaratish. Diapazon bo'yicha yozuvlarni tanlashda zarurat tug'ilganda ochiluvchi Aвтофильтр ro'yxatida Условие qiymati tanlanadi. Пользовательский автофильтр (Custom AutoFilter) muloqot oynasi ochiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 131.45 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 131.45 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga