Elektron va analitik tarozilar

Elektron va analitik tarozilar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron va analitik tarozilar - rasmi

Material tavsifi

Elektron va analitik tarozilar Og'irlikni o'lchash - biror bir buyum og'irligini o'lchash va hisoblashdir. Prujinali o'lchash - Prujinali balans yoki prujinali tarozi yordamida prujina kuchiga qarshi tortishish uchun kuch muvozanati og'irligini o'lchash. Moddalar massasini o'lchashda yerning tortishish kuchi ahamiyatli bo'lganligi uchun ushbu kuch Nyuton birligida yoki kilogrammda kalibrlanadi. Analitik tarozi bu milligramm sub birligida kichik massalarni o'lchash uchun mo'ljallangan balansning bir turidir. Analitik tarozining o'lchash pallasi eshiklari shaffof oyna bilan o'ralgan (0,1 mg yoki ko'proq). Shuning uchun chang yig'maydi, havo o'lchashga xalaqit bermaydi. Ushbu shaffof oyna odatda himoya qalqoni deb nomlanadi. Analitik tarozi Elektron tarozi Distillyatsiya - suyuqlikdan substant moddalarni selektiv bug'latuvchi va kondintsatlovchilar yordamida ajratish jarayoni hisoblanadi. Distillatsiya jarayoni mahsuloti to'liq ajralish (deyarli o'ta toza moddalar) yoki qismli ajralish (aralashmadagi ajratiluvchi moddalar kontsentratsiyasini oshishi) kabi turlarga bo'linadi. Avtoklav - yuqori harorat va bosim ostida sterillash va boshqa sanoat jarayonlarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mashinadir. Avtoklavdan asosan tibbiyotda buyumlarni sterillash, kimyo sanoatida davolash qoplamalari tayyorlash, rezinani vulkanlash va gidrotermal sintezlarda foydalaniladi. Tsentrifuga - bu markazdan qochma kuch ta'sirida konteyner bilan bir tekisda aylanuvchi mashinadir. Tsetrifugadan laboratoriyalarda turli biologik obyektlarni og'irligaga mos ravishda cho'qishi prentsipi asosida ajratib olishda qo'llaniladi. Elektroforez - laboratoriyada ishlatiladigan usul bo'lib, bunda makromolekulalar o'z o'lchamlariga ko'ra ajraladilar. Ushbu usul manfiy zaryad qoidasiga mal qiladi. Shuning uchun oqsillar musbad zaryad tomon harakatlanadi. Bu usul DNK va RNKlar uchun ham ishlatiladi. Vakuum kontsentrator maxsus jihozlangan, probirkadagi suyuqlikni vakuum yordamida so'rib olishga ixtisolashgan qurilma bo'lib, molekulyar biologiyada asosan nuklein kislotlar (DNK va RNK)ni ajratishning oxirgi jarayonida ularni quritishda ishlatiladi. Vorteks mikser yoki vortekser laboratoriyada kichik idishlardagi (probirkalar) suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladigan qurilma. Uning markazida elektr motor vertikal joylashgan. Kichik asosiga rezina parchasi yopishtirilgan. Motor ishlaganda rezina tsirkulsimon harakatlanadi. Sektrofotometr to'lqin uzunligi asosida materiallarning miqdorini o'lchaydigan qurilmadir. U elektromagnetik spektroskopga nisbatan spetsifikroq bo'lib, ko'rinadigan, ultrabinafsha va infraqizil nurlari bilan ishlay oladi. Ammo spektroskopik vaqtga bog'liq usullarni qamrab olmaydi. Spektrofotometr yorug'lik nurini o'lchay oladigan fotometrdan uning har xil ranglari uchun foydalanadi. Spektrofotometrning muhim xususiyati uning spektral keng maydoni (ranglar farqini tajriba namunalari orqali uzata oladi), namunalar uzatilish foizi, logarifmik yutilish oralig'i va bazan o'lchashning uzatilish foizi. Spektrofotometrdan odatda eritmalarning, shaffof yoki shaffof bo'lmagan qattiq, sayqallangan shisha yoki gazlarningo'tkazuvchanligini, nur qaytarishini o'lchash uchun ishlatiladi. Polimer zanjir reaksiyasi (PZR) muayyan ketma-ketlikda DNK bo'lagini minglab va millionlab marta ko'paytirish uchun ishlatiladigan molekulyar biologiyaning texnologiyasi hisoblanadi. Ushbu jarayon dastlab DNK zanjirini ochish (94 S), dezoksinukleotid fosfatlarni qo'yish (55-60 S) va ularni yangi DNK nusxasiga tikish (72 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 369 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 369 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga