MS Excel dasturi imkoniyatlaridan foydalanib kimyo injineringida muammoli vaziyatni yechish Reja Elektron jadval modelini tashkil etish Maqsad funksiyani aniqlash yechim o'zgaruvchilarini aniqlash Cheklovlar va model turini aniqlash Modelni yechish Elektron jadval uslubi Ogohlantiruvchi habarlar va potensial muammolar Butun sonli yechim o'zgaruvchilarini aniqlash Optimallashtirish modellarini saqlash va ishga tushirish Kirish Bugungi kunda foydalanilib kelinayotgan kompyuterda foydalanishga asoslangan elektron jadvallar Lotus,Excel va Quatro kabi dasturlarning barchasining tarkibiga optimallashtirish uchun mo'ljallangan maxsus bo'limlar biriktirilgan. Ushbu optimallashtirish vositalari chiziqli, chiziqsiz, va butun sonli dasturlarni elektron jadvallar yordamida yechish uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Ushbu Excelda mavjud, Data yorlig'idagi, Analysis paneli guruhida joylashgan SOLVER optimallashtirish vositasi haqida qisqacha tushunchalar beradi. [http:ww.meiss.comenpublications ] 1-rasm:Excelda Solver joylashishi Agar Data yorlig'ida Solver mavjud bo'lmasa, u holda Office tugmasi | Excel Optionstab ketma-ketligini bajaring va Add-ins opsiyasi mavjudligini tekshiring. Agar ushbu opsiya mavjud bo'lmasa, u holda Manage ochiladigan ro'yxat orqali Excel Add-ins ni tanlang. Keyin Go… tugmasini bosing vaSolver faollashganiga ishonch hosil qiling. Agar Add-ins mavjud bo'lmasa dasturni qaytadan to'liqligicha o'rnating. Optimallashtirish uchun elektron jadvalli yondashuvning afzalliklaridan biri bu ko'plab optimallashtirish modellarini tushunarli bo'lgan ko'rinishda elektron jadvalda ifoda qilinishi mumkin.Boshqa afzalligi esa ko'p foydalanuvchilar elektron jadvallardan foydalanish ko'nikmalariga ega. Elektron jadvallardan nusxa olish buyrug'i ko'plab o'xshash cheklovlarga ega masalalar modellarini elektron jadval muhitida yaratilish va tezkorlik bilan yechilish imkonini beradi. 2-rasmda Solverni faollashtirish. 2-rasm Chiziqli dasturlarni Excelda yechish 5 ta asosiy qadamlarni bajarishni talab etadi: Muammoni modellashtiruvchi elektron jadvalni yaratish. Maqsad funksiyani ifodalovchi katakchani aniqlash. yechim o'zgaruvchilarini aniqlash. Cheklovlarni ifodalovchi katakchalarni aniqlash. Modelni yechish, ya'ni optimallashtirish. Elektron jadval modelini tashkil etish Excelda chiziqli dasturni qanday qilib ifodalash mumkinligi haqida mahsulotni aralashtirish misolidan foydalanamiz. Masalan Carlsberg Group pivo ishlab chiqarish zavodi navbatdagi jo'natmalar uchun qancha litr ikki xil turdagi pivodan (Carlsberg oq-sariq va Carlsberg qizil) ishlab chiqarishni hisoblab chiqishi kerak. Korxonada ushbu ikki xildagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan xom-ashyolar ta'minoti cheklangan. Har bir litr Carlsberg oq-sariq pivosi uchun 20 funt (1 funt = 0,4536 kg.) jo'xori, 2 unsiya xmel, 10 funt arpa talab etiladi va 20 L foyda keltiradi. Har bir litr Carlsberg qizil pivosi uchun esa 1 unsiya xmel, 30 funt arpa kerak va 30 L foyda keltiradi.Korxonada 500 pud jo'xori, 60 unsiya xmel, 900 funt arpa bor. Ma'muriyat yuqori darajadagi foyda olish uchun oq-sariq va qizil mahsulotlardan ishlab chiqarish miqdorini hisoblab chiqishni vazifa qilib bergan bo'lsin. [http:ww.meiss.comen publications Ushbu masalaga javob toppish uchun biz foyda va istalgan miqdordagi oq-sariq va qizil pivo ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom-ashyo miqdorini ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 22:40:02
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 22:40 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:34 ]
Arxiv ichida: pptx