MAVZU: Informatika va ahborot tehnalogiyalar Reja: Informatika fani. Jorj Fon Neyman prinsipi. EHM avlodlari almashuvi haqida ma'lumotnoma. Axborot tushunchasi. Uni EHMda tasvirlanishi. Ahborot o'lchov birliklari 1. Informatika fani. Jorj Fon Neyman prinsipi Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoyat kattadir. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek -«Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo'lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi». Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur'atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Insoniyat o'zining tarixi mobaynida modda, quvvat va axborotlarni o'zlashtirib keldi. Insoniyatning rivojlanishda butun-butun bosqichlar ushbu bosqichning eng ilg'or texnologiyasi nomi bo'yicha nomlanadi. Masalan, «tosh davri» - qurol yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasining bosqichi, «bronza davri» - metallga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, «kitob chop etish asri» - axborotni tarqatishning yangi usullarini egallash bosqichlari, elektr asri- quvvatning yangi turlarini o'zlashtirish bosqichlari shular jumlasidandir. Bundan yigirma - o'ttiz yil oldin atom asri boshlandi deyilgan bo'lsa, hozirgi kunda ko'proq axborot asri va EHM asri haqida eshitish mumkin. EHM ishlab chiqarishning o'sishi, axborot tarmoqlarining rivojlanishi yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat hayotining barcha sohalarida, ya'ni ishlab chiqarishda fanda ta'limda tibbiyotda va hoka'zolarda axborotning tarkibiy qismlari paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib keldi. Informatika 60-yillarda Frantsiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha information so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tushuntirish, xabar berish, bayon etish ma'nolarini anglatadi. Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatika inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog'liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to'g'ri keladi, uning paydo bo'lishi 70-yillar o'rtalarida ikkinchi elektron inqilobni boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog'lanadi. Kompyuter - bu ixtiyoriy ko'rinishdagi axborotni avtomatik tarzda qayta ishlovchi qurilmadir. Hozirgi kunda ularning hammasi elektron kompyuterlar hisoblanadi. Informatikaning vujudga kelish tarixiga nazar tashlasak, dastlab mexanik kompyuterlar yaratilgan. 1642 yilda Blez Paskal qo'shish amalini mexanik ravishda amalga oshiruvchi qurilmani ixtiro qildi, 1673 yilda esa Gotfrid Vilgelm Leybnits to'rt arifmetik amalni bajaruvchi mexanik qurilma arifmometrni konstruktsiyasini yaratdi. . XIX asrdan boshlab arifmometrlar juda keng masshtabda qo'llanila boshlandi. Bu qurilmada o'ta murakkab hisoblashlar ham amalga oshirilar edi, xattoki o'sha vaqtda hisoblovchi - inson ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 22:40:02
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
07 Sep 2022 [ 22:40 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: ppt