Mavzu: Internet xizmatlari. 28.03.2016 Reja: 1. Internetning servis funksiyalari. 1. Internetning servis funksiyalari. Internet servisi yoki xizmati deyilganda, odatda tarmoqqa kiruvchi foydalanuvchilar uchun ko'rsatiladigan xizmatlar tushuniladi. Kompyuter arzon va yuqori samaradorlikka ega bo'lgan ishchi anjomga aylandi. Hozirgi kunda kommunikatsiya va Internet sanoatning ixtiyoriy tarmog'ida, savdoda, transportda, ta'limda, ilmda samarali ishlash uchun zarur. Internetga axborot uchun kiradilar. Foydalanuvchining server bilan bog'lanishi uning kompyuterida ishga tushuriluvchi mos dastur (mijoz-dasturlar) yordamida amalga oshiriladi va bunday bog'lanish avvaldan aniqlangan qoidalar yoki mijoz va server o'rtasidagi o'zaro aloqalar protokoli asosida amalga oshiriladi. Internetning axborot manbalari - bu barcha axborot texnologiyalari, bu texnologiyalar yordamida kirish mumkin bo'lgan va doimiy tiklanish rejimida mavjud bo'lgan berilganlar bazalaridir. Internet tarmog'i orqali taqdim etilayotgan barcha xizmatlarni shartli ravishda ikki toifaga bo'lish mumkin: tarmoq abonentlari o'rtasida axborot almashish va tarmoq berilganlar bazasidan foydalanish. Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat: WW - grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni ko'rish va topish; telnet - kompyuterga uzoqdan bog'lanish; ftp - fayllarni uzatish; e-mail - xabarlarni uzatish; usenet - elektron e'lonlar taxtasi, telekonferensiyalar; gopher - matnli hujjatlarni ko'rish va topish. Internet foydalanuvchilari bilan bog'lanish xizmatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: WW-servis (World Wide Web) - bu Internetning eng ommaviy va eng taniqli xizmati bo'lib, 1993-94-yillarda Internet tarkibiga kiritilgan. Uni «O'rgimchak to'ri» yoki sodda qilib Web deb ham atashadi. E-mail - elektron pochtani uzatish xizmati Internet tarmog'ining ixtiyoriy abonenti bilan pochta almashinuvini amalga oshirish mumkin. Ham matnli, ham ikkilik fayllarni uzatish imkoniyati mavjud. MCI Mail - savdo uchun mo'ljallangan va Internet bilan bog'langan. Mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko'rsatadi: pochta, faksimil va teleks. UseNet - tarmoq yangiliklarini olish, tarmoq elektron e'lonlar taxtasini olish va unga axborotlarni joylashtirish imkoniyati. Internet tarmog'ining elektron taxtalari mavzular bo'yicha shakllantirilgan. Foydalanuvchi o'z ixtiyoriga ko'ra xohlagan yangiliklar guruhiga a'zo bo'lishi mumkin. IRC (Internet Relay Chat) - Internet tarmog'i orqali suhbatni uzatish. Bu tizim foydalanuvchilarga tezkor rejimda murojaat qilish imkonini beradi. Insonlar guruhi qandaydir aniq munozara mavzusini qo'llovchi kanallarga birlashadilar. Xabar kiritilib, Enter klavishi bosilgandan so'ng, bir necha sekundda u kanalning barcha ishtirokchilari ekranida hosil bo'ladi. TelNet - kompyuterlarga masofaviy kirish xizmati. Abonentga Internet tarmog'ining ixtiyoriy kompyuteridan o'zining shaxsiy kompyuteri sifatida foydalanish, ya'ni dasturlarni ishga tushurish, fayllarni o'qish va h.k.lar uchun imkon beradi. FTP (File Transfer Protocol) - fayllarni uzatish protokoli. Abonentga ikkilik va matnli fayllarni tarmoqning ixtiyoriy kompyuteri bilan almashish imkonini beradi. Foydalanuvchi masofaviy kompyuter bilan aloqa o'rnatib, undan o'z kompyuteriga fayllardan nusxa olishi yoki o'zining kompyuteridan masofaviy kompyuterga ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 22:40:02
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1007.09 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 22:40 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1007.09 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:46 ]
Arxiv ichida: pptx