Java dasturlash tili kurs ishi

Java dasturlash tili kurs ishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Java dasturlash tili kurs ishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO'MITASI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Dasturiy injinering fakulteti OYDT fanidan bajargan KURS ISHI hisobOTI Bajardi: 215-12 guruh talabasi Alimov Ikromxo'ja Tekshirdi: Babamuhammedova M Toshkent-2015 Mundarija KIRISH - 3 - II. NAZARIY QISM - 4 - 2.1. Java dasturlash tili haqida - 4 - 2.2. Oracle ma'lumotlar bazasi - 11 - 2.3. Java swing - 13 - II. AMALIY QISM - 15 - 3.1. Ma'lumotlar bazasi tuzilmasi - 15 - 3.2. UML sxemasi - 16 - 3.3. Dasturdan foydalanish - 18 - XULOSA - 22 - Foydalanilgan adabiyotlar - 23 - ILOVA - 24 - - 2 - KIRISH Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar hozirgi kunga kelib, inson faoliyatining turli jabhalarida, xususan, ilmiy-tadqiqot ishlarini, xalq xo'jaligi tarmoqlarini boshqarishda, biznes va boshqa yo'nalishlarda ham rivojlanmoqda. Yaratilgan axborot tizimlari foydalanuvchilar vaqtini tejash va foydalanuvchi ishonchini yanada mustahkamlash va zamonaviy xizmat turlaridan unumli foydalanishga qaratilgan. obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili fanidan kurs ishi tayyorlash mobaynida men Java dasturlash tili va Oracle ma'lumotlar bazasini Java dasturiga bog'lab ishlash bo'yicha tajribalarimni yanada oshirib Java muhiti bilan chuqurroq tanishaman. Ko'pgina yangi kompanentalar bilan tanishib, ular ustida ishlash ko'nikmasini ortirishga harakat qilaman. Kurs ishimni bajarib, Oracle ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi va Java dasturlash tili bilan ishlashni o'rganaman. Java dasturlash tilida dastur yaratishda ishlatiladigan operatorlar, java swing bilan ishlashni va undan dastur tuzishda foydalanishni, klaslar bilan ishlashni, obyekt yaratib, obyektlar ustida ishlash kabilarni o'rganib ulardan dastur tuzishda foydalanishni o'rganaman. Men kurs ishimda Kutubxona ishini avtomatlashtirish mavzusini tanladim. Men bu kurs ishini bajarish mobaynida obyektga yo'naltirilgan java dasturlash tilini o'rganish, javada foydalanuvchi interfeyslarini(Java Swing) yaratishni o'rganish, ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o'rganish, kutubxona ishini avtomatlashtirishni maqsad qilib oldim. Agarda kutubxona ishini avtomatlashtirsak bunda xodimlar ishi osonlashadi va kerakli kitoblar bor yo'qligi, ular soni nechtaligi yoki qaysi kitobxondaligi, qachon qaytarilishi lozimligi har biri kompyuterga kiritilib borilsa shunda kutubxona xodimlari ishi yengillashadi. Java dasturlash tilida tuzadigan dasturim esa ma'lumotlardan foydalanishda va ularni qayta ishlashda vizual formalar orqali foydalanuvchiga ko'maklashadi. Bu esa albatta vaqtni tejashga va ish unumdorligini ortishiga yordam beradi. - 3 - II. NAZARIY QISM 2.1. Java dasturlash tili haqida Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oakdasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak(ma'nosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems(hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga(operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 1.65 MB
Ko'rishlar soni 640 marta
Ko'chirishlar soni 114 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:50 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 1.65 MB
Ko'rishlar soni 640 marta
Ko'chirishlar soni 114 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga