Kompyuter turlari va tarkibiy qismlari

Kompyuter turlari va tarkibiy qismlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter turlari va tarkibiy qismlari - rasmi

Material tavsifi

KOMPYuTYeR VA ULARNING TURLARI Mavzular Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi; Noutbuk va netbuklar; Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari; Videoproyektor va ekran; Printer va skaner qurilmalari va ularning ahamiyati; Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar; Kompyuterda multimedia (audio, video) ma'lumotlarini namoyish etish; Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari. Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo'yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo'ljallangan elektron mashina. Kompyuter so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, hisoblash, hisoblagich degan manolarni bildiradi. Noutbuk va netbuklar Noutbuk - mobil ixcham shaxsiy kompyuter bo'lib, uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo'ladi. Bunday kompyuterlarning ko'pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Netbuk - Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo'ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o'lchamlari, kichik vazni, kam energiya istemoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari Sichqoncha (ingl. mouse - sichqon) ma'lumot kiritish qurilmasi bo'lib, biror tekislik bo'ylab yurg'izilganda ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma'lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos yo'nalishlarda harakatlanadi. Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko'magida amalga oshiriladi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo'ladi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Videoproyektor va ekran proyektorlar va ekranlar ma'lumotlarni yirik o'lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o'lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, ko'proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi. Videoproyektor kompyuter va shunga o'xshash namoyish vositalarining alohida qo'shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo'ljallangan. Ekran - videoproyektor orqali yoritilayotgan materiallarni o'zida tasvirlovchi element. Printer va skaner qurilmalari va ularning ahamiyati Printer (ingl. Printer- chop qiluvchi) ma'lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma, purkovchi va lazerli. Bosma printer ignalar yordamida, purkovchisi naycha yordamida, lazerli printer esa maxsus baraban yordamida chop qiladi. Purkovchi hamda lazerli printerlar yordamida rangli ma'lumotlarni chop etish mumkin. Skaner (ingl. scanner - o'qib oluvchi) ma'lumotlarni nurli lampa yordamida rasmli ko'rinishda kompyuter xotirasiga o'qib oluvchi qurilma. Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar Flesh disklar juda katta hajmdagi axborotni o'z ichiga sig'dira oladigan yarim o'tkazgichli elementlardan qurilgan xotira. Hozirgi kunda flesh xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo'lgan axborotni o'ziga sig'dira oladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 715.03 KB
Ko'rishlar soni 367 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 715.03 KB
Ko'rishlar soni 367 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga