MatCAD dasturi haqida umumiy tushuncha. Режа: 1.Ikki va uch o'lchamli grafik qurish Ikki va uch o'lchamli grafik qurish Ikki o'lchamli funktsiya grafigini qurish uchun quyidagi protseduralarni bajarish kerak. 1.Qaysi joyga grafik qurish kerak bo'lsa, shu joyga krestli kursor qo'yiladi. 2.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o'lchovli grafik) tugmasi bosiladi. 3.Hosil bo'lgan ikki o'lchamli grafik shabloniga abstsiss o'qi argumenti nomi, ordinata o'qiga funktsiya nomi kiritiladi. 4.Argumentning berilgan o'zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. Agar argumentning diapazon qiymati berilmasa, u holda avtomatik holda argument diapazon qiymati 10 dan 10 gacha bo'ladi va shu diapazonda grafik quriladi (5-rasm). Grafik formatini qayta o'zgartirish uchun grafik maydonini ikki marta tez-tez sichqonchani ko'rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasidan kerakli o'zgarishlarni qilish kerak. 5-rasm. Funktsiya grafigini qurish. Agar bir necha funktsiyalar grafigini qurish kerak bo'lsa va ular argumentlari har xil bo'lsa, u holda grafikda funktsiyalar va argumentlar nomlari ketma-ket vergul qo'yilib kiritiladi. Bunda birinchi grafik birinchi argument bo'yicha birinchi funktsiya grafigini va ikkinchisi esa mos ravishda ikkinchi argument bo'yicha ikkinchi funktsiya grafigini tasvirlaydi va hakozo. Quyida grafik formati muloqot oynasi qo'yilmalarini beramiz. 1.X-Y Axes - koordinata o'qini formatlash. Koordinata o'qiga setka, sonli qiymatlarni grafikga belgilarni qo'yish va quyidagilarni o'rnatish mumkin: LogScale - logarifmik masshtabda o'qga sonli qiymatlarni tasvirlash; Grid Lines - chiziqqa setkalar qo'yish; Numbered - koordinata o'qi bo'yicha sonlarni qo'yish; Auto Scale - son qiymatlar chegarasini o'qda avtomatik tanlash; Show Markers - grafikka belgi kiritish; 2.Trace - funktsiya grafiklarini formatlash. Har bir funktsiya grafigini alohida o'zgartish mumkin: chiziq ko'rinishi (Solid - uzliksiz, Dot - punktir, Dash - shtrixli, Dadot - shtrixli punktir); chiziq rangi (Color); grafik tipi (Type) (Lines - chiziq, Points - nuqtali, Bar yoki SolidBar - ustunli, Step - pog'onali grafik va boshqa); chiziq qalinligi (Weight); simvol (Symbol) - grafikda hisoblangan qiymatlar uchun (aylana, krestik, to'g'ri burchak, romb). 3.Label - grafik maydoni sarlovhasi. Title (Sarlovha) maydoniga sarlovha matni kiritiladi. 4.Defaults - bu qo'yilma yordamida grafik ko'rinishga qaytish mumkin. Shuningdek uch o'lchamli grafik qurish uchun quyidagi protseduralarni bajarish kerak. 1.Ikki o'zgaruvchili funktsiya nomini keyin (:=) yuborish operatori va funktsiya ifodasini kiritish. 2.Grafik qurish kerak bo'lgan joyga kursor qo'yiladi. 3.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o'lchamli grafik) tugmasi bosiladi. Shu joyda uch o'lchamli grafik shabloni paydo bo'ladi. 4.Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, masalan, 6-rasm chap tomon. Ikki o'zgaruvchili funktsiya bo'yicha grafik sirtini qurishni tez qilish maqsadida boshqa usul ham mavjud va u ayrim hollarda funktsiya ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 22:40:02
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
366.08 KB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 22:40 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
366.08 KB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:06 ]
Arxiv ichida: pptx