Mavzu: Matnli hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. 14.12.2015 Reja: Hujjat bilan ishlash Varaq parametrlarini o'rnatish Betlarni sozlash Hujjat maydonini o'rnatish Shrift o'lchovi va turini o'rnatish Hujjatni tahrirlashning asosiy usullari 1. Hujjat bilan ishlash Hujjat hosil qilish WORD ishga tushishi bilanoq avtomatik ravishda hujjat uchun maydon hosil qilinadi. «Файл» menyusining «Создать» buyrug'idan foydalanib, Uskunalar panelidagi «Создать» buyrug'i orqali yangi hujjat hosil qilish; [CTRL]+ [N] tugmalarini bosish. Hujjatni saqlash. ALT+F4 ni bosish yoki «Файл» menyusiga «Выход» buyrug'i bilan kiriladi, so'ng «OK» bosiladi; uskunalar panelidan «Стандарт» tugmasi bosiladi (kichik disket), so'ngra «Файл» qatorida hujjat nomi kiritilib, keyin esa Ok bosiladi; tezda saqlash uchun CTRL+S bosiladi. Fayllarni boshqa disk yoki disketda saqlash (2-rasm) uchun: «Сохранить как» buyrug'ini tanlang; disk nomini tanlang (disk yurituvchi); «Имя файла» qatorida saqlanishi lozim bo'lgan hujjat nomini yozing; «Сохранить» ni bosing. Hujjatni ochish. a) «Открыть» buyrug'i orqali («Файл» menyusi): «Файл» menyusidan «Открыть» buyrug'ini tanlang; muloqot oynasidan «Sichqoncha» bilan tanlash kerak bo'lgan faylni ajrating. Agar fayl boshqa disk yoki papkada saqlanayotgan bo'lsa, u holda «Папка» menyusidan foydalaning; Ok ni bosing. b) CTRL+O tugmalaridan foydalanib ham yuqoridagi amalni bajarish mumkin; d) standart uskunalar panelidagi «Открыть» tugmasidan foydalangan holda ham hujjatni ochish mumkin. Hujjatni chop etish WORD muharriri quyidagicha chop etish usullarini taklif etadi: hujjatning barcha qismini yoki ko'rsatilgan betlarini chop etish; jarayonni tezlashtirish maqsadida hujjatning grafiksiz qora nusxasini chop etish; chop etish amallarining parametrlarini belgilash, masalan, hujjatning nusxalar sonini ko'rsatish; xatjild yoki qo'shimcha yozuv hosil qilish va uni chop etish; hujjatning alohida abzasini chop etish. Hujjatni qidirish «Пуск» menyusidan «Найти» buyrug'i ajratiladi; muloqot oynasida hosil bo'lgan «Имя» yo'liga qidirilayotgan faylning nomi yoziladi; Faylni izlash yo'lini «Где искать» menyusida ko'rsatiladi; «Найти» tugmasi bosiladi; topilgan fayllar ro'yxatidan «Sichqoncha» bilan keraklisi ajratiladi; «Открыть» tugmasi bosiladi. Hujjatni yopish Hujjatni yopish - «Файл» menyusidan «Закрыть» buyrug'ini tanlash orqali bajariladi. Agar hujjat saqlanmagan bo'lsa, u holda hujjatni saqlash yoki saqlamaslik haqida so'rov chiqadi. Saqlash uchun «OK» ni bosish kerak. 2. Varaq parametrlarini o'rnatish ««Файл» menyusida «Параметры страниц» tanlanadi; muloqot oynasidan «Размер бумаги»ni «Sichqoncha» vositasida tanlanadi; «Размер бумаги» satrida standart qog'oz o'lchovlari tanlanadi: A4 (albom qog'ozi), A3 (ikki albom qog'ozi), A5 (albom qog'ozining yarmi); agar sizning qog'ozingiz nostandart bo'lsa, u holda qog'oz kengligi va balandligi o'rnatiladi; «Применить» menyusi ushbu parametrlarni hujjatning qaysi qismiga qo'llash kerakligini ko'rsatadi. Agar ko'rsatilmasa, unda parametrlar hamma hujjatga taalluqli bo'ladi; OK bosiladi. ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 22:40:02
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
56.97 KB
Ko'rishlar soni
699 marta
Ko'chirishlar soni
128 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 22:40 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
56.97 KB
Ko'rishlar soni
699 marta
Ko'chirishlar soni
128 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: pptx