Mavzu: Belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash Paskalda belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash uchun maxsus funksiya hamda protseduralar kiritilgan. Quyidagi jadvalda ularning ba'zilari keltirilgan. 1) Concat (S1,S2, … SN) - S1, S2, SN satrli (belgili) o'zgaruvchilar (o'zgarmaslar)ni bir-biriga ketma-ket ulaydi Masalan: a='Sog'lom tanda ', b='sog' aql.' bo'lsa, c:=Consat(a,b); operatori bajarilganda c ning qiymati 'Sog'lom tanda sog' aql.' ga teng. Lekin c:=Consat(a,b); o'rniga c:=a+b; yozish ham kerakli natijani beradi. 1) Concat (S1,S2, … SN) - S1, S2, SN satrli (belgili) o'zgaruvchilar (o'zgarmaslar)ni bir-biriga ketma-ket ulaydi Masalan: a='Sog'lom tanda ', b='sog' aql.' bo'lsa, c:=Consat(a,b); operatori bajarilganda c ning qiymati 'Sog'lom tanda sog' aql.' ga teng. Lekin c:=Consat(a,b); o'rniga c:=a+b; yozish ham kerakli natijani beradi. 2) Length (S) - S satrning uzunligini (belgilari sonini) aniqlaydi. Masalan; a='informatika' bo'lsa, n:=Length(a); operatori bajarilganda n ning qiymati 11 ga teng bo'ladi. 3) Pos (b,S) - S satr ichidan b so'zni izlaydi. Masalan; a:=Pos('m', 'informatika'); operatori bajarilganda a ning qiymati 6 ga, a:=Pos('sn', 'sinf'); operatori bajarilganda a ning qiymati 0 ga, a:=Pos('v', 'sinf'); operatori bajarilganda esa, a ning 0 ga teng bo'ladi. 4) Copy(S,n1,n2) - S satrning n1-belgisidan boshlab n2 ta belgining nusxasini oladi. Masalan; a:=Copy('informatika',3,5); operatori bajarilsa, a ning qiymati 'forma' so'ziga teng bo'ladi. 5) Ord(B) - B belgining ASCII kodini aniqlab beradi. Masalan; a:='A' bo'lsa, Ord(a) funksiyaning qiymati 65 ga teng bo'ladi. Chunki 'A' (lotin) harfining ASCII kodi 65. Ord funksiyasining argumenti o'zgarmas bo'lsa, u apostrof ichida yoziladi. Masalan, Ord('A'). 6) Chr(a) - ASCII kodi a ga teng belgini aniqlaydi. Masalan; cod:=65 bo'lsa, Chr(cod) funksiyasining qiymati lotin 'A' harfiga, Chr(66) funksiyasining qiymati esa lotin 'B' harfiga teng bo'ladi. ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 22:40:02
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
101.78 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 22:40 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
101.78 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:20 ]
Arxiv ichida: pptx