Paskalda o'tish va tarmoqlanish operatorlari

Paskalda o'tish va tarmoqlanish operatorlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Paskalda o'tish va tarmoqlanish operatorlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'tish va tarmoqlanish operatorlari Biz hozirgacha chiziqli, ya'ni buyruqlari ketma-ket bajariladigan dasturlar bilan tanishdik. Ba'zan berilgan masalani hal qilishda operatorlarning bajarilish tartibini buzishga, ya'ni boshqarishni dastur bo'yicha orqaga yoki oldinga o'tkazish zarur bo'ladi. Buning uchun dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorga nishon qo'yiladi. Nishon o'zgaruvchining nomi kabi lotin harflari va raqamlar yordamoda hosil qilinadi. Masalan, 7, N1, nishon2 Dasturda qo'llaniladigan nishonlar dasturning tavsif qismida Label xizmatchi so'zi yordamida ko'rsatilishi shart. Nishonlardan dasturda o'tish operatori qo'llanilsagina foydalaniladi. O'tish operatori quyidagi ko'rinishga ega: GOTO ;, bu yerda GOTO (ing.-ga o'tilsin) operatori boshqarishni dasturning oldiga nishon qo'yilgan operator uzatadi. 1 - misol. Label N1; Var a,b,c: Integer; Begin a:=15; b:=13; c:=a+b; GoTo N1; boshqarish N1 nishonli operatorga uzatildi c:=a-b; N1: WriteLn(c); End. Bu dasturning ishlashi natijasida ekranda hosil bo'lgan c ning qiymati 28 ga tengdir. Chunki boshqarish N1 nishonli chiqarish operatoriga uzatilgani uchun c:=a-b; amalni bajarmasdan o'tqazib yubordi. Dastur quyidagi ko'rinishda bo'ladi. Dastur ishga tushirilganda. Tarmoqlanish operatorlari. O'tish operatorida hech qanday shart tekshirilmasdan boshqarish ko'rsatilgan nishonli operatorga uzatiladi. Lekin aksariyat masalalarni hal etishda biror shartning bajarilishiga qarab u yoki bu amallar ketma-ketligini bajarish kerak bo'ladi. Masalan, kvadrat tenglamani yechishda natijani hisoblash uchun diskriminantning ishorasiga qarab uch yo'nalishdan biri tanlanadi. Bu izohlar tarmoqlanuvchi algoritmlar mavzusini yodingizga solgan bo'lsa kerak. Bunday masalalarni hal qilish uchun Paskalda tarmoqlanish operatori qo'llaniladi. Tarmoqlanish operatorining umumiy shakli quyidagicha. If Then Else ; Bu yerda if, then va else Paskalning xizmatchi so'zlari bo'lib, ularning o'qilishi va ma'nosi quyidagicha: If (if)- «agar», Then (zen)- «u holda», else (els)- «aks holda». Odatda, rost yoki yolg'on qiymatlardan birini qabul qiluvchi mantiqiy ifoda; Paskalning ixtiyoriy operatori yoki operatorlari ketma-ketligidir. Shuni yodda tuting. Else xizmatchi so'zidan avval yozilgan operatordan keyin «;» (nuqtali vergul) qo'yilmaydi. Tarmoqlanish operatori quyidagicha ishlaydi: avval shart tekshiriladi, agar uning qiymati rost bo'lsa; then dan operator yoki operatorlar ketma-ketligi, aks holda else dan keyingi operator yoki operatorlar ketma-ketligi bajariladi. 2 -misol. Kiritilgan son 25 dan katta bo'lsa, ekranda «katta», aks holda «katta emas» degan yozuvni chiqaruvchi dastur tuzing. yechish. Berilgan sonning turi ko'rsatilmagani uchun uni haqiqiy turda deb olinadi. Program Taqqoslash; Var a:Real; Begin Write('ixtiyoriy son kiriting: '); ReadLn(a); If a25 Then WriteLn ('Katta') Else WriteLn ('Katta emas'); End. Tarmoqlanish operatorining qismlarini alohida satrlarda yozish ham mumkin. Dastur quyidagi ko'rinishda bo'ladi. Dastur ishga tushgach 50, 26 va 20 sonlarini kiritib ko'rganimizda natija: Agar THEN yoki Else so'zlardan keyin bajarilishi lozim bo'lgan ikki yoki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 380.83 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 380.83 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga