Paskalda parametrli takrorlash operatori

Paskalda parametrli takrorlash operatori

O'quvchilarga / Informatika va AT
Paskalda parametrli takrorlash operatori - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Parametrli takrorlash operatori Aksariyat masalalarni yechishda ma'lum amallar ketma-ketligini bir necha marta takrorlash zarur bo'ladi. Takrorlanuvchi dasturlar tuzish uchun takrorlash operatoridan foydalaniladi. Paskalda ular uchta bo'lib, bu darsda ulardan bittasi - parametrli takrorlash operatori o'rganib chiqiladi. Mazkur operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha: For I:=N1 To N2 Do ; Bu yerda For (uchun), To (gacha) va Do (bajar) Paskalning xizmatchi so'zlari; I- butun turli ixtiyoriy o'zgaruvchi bo'lib, u takrorlash parametri deyiladi; N1- takrorlash parametrining qabul qiladigan boshlang'ich qiymati; N2- takrorlash parametrining qabul qiladigan oxirgi qiymati; -takrorlanishi lozim bo'lgan operator yoki operatorlar ketma- ketligi. Takrorlanish tanasini operatorlar ketma- ketligi tashkil etgan bo'lsa, ular albatta begin ko'rsatmasi bilan boshlanib, end; ko'rsatmasi bilan tugallanadi. Takrorlanish parametrining boshlang'ich va oxirgi qiymatlari o'zgarmas, o'zgaruvchi yoki ifoda ko'rinishida bo'lishi mumkin. Mazkur operator quyidagicha ishlaydi: 1. Avval takrorlanish parametri boshlang'ich qiymatni qabul qiladi; 2. Agar takrorlash parametrining qiymati oxirgi qiymatdan katta bo'lmasa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bajariladi, aks holda takrorlanish to'xtatiladi va boshqarish navbatdagi operatorga uzatiladi; 3. Takrorlash parametrining qiymati bittaga ortadi (unga 1 qo'shiladi) va 2- bandga o'tiladi. For operatori, asosan, takrorlanishlar soni avvaldan ma'lum bo'ganda qo'llaniladi. 1- Misol. «O'zbekiston - vatanim manim!» matnini ekranga 20 marta chiqaruvchi dastur tuzing. yechish: Shartga ko'ra ekranga «O'zbekiston - vatanim manim!» matni 20 marta chiqarilishi kerak. Ya'ni WriteLn('O'zbekiston - vatanim manim!') operatori 20 marta takrorlanishi lozim. Quyidagicha dastur tuziladi. Program Takrorlash; Var I:Integer; Begin For I:=1 To 20 Do WriteLn('O'zbekiston - vatanim manim!'); End. Dastur ishga tushgach 2-misol. Ekranga 1 dan 20 gacha bo'lgan butun sonlarni o'sish tartibida chiqaruvchi dastur tuzing. yechish. Ekranga chiqariladigan sonlar S bilan belgilanadi. Avval S:=0 deb olinadi. S ning qiymati S:=S+1 yordamida bittaga orttirib WriteLn(S) yordamida chiqariladi. Bu amallarni 20 marta takrorlash lozim, shuning uchun For operatoridan foydalaniladi. Program Ketmaketlik; Var I,S: Integer; Begin For I:=1 To 20 Do Begin S:=S+1; WriteLn(S); end; End. Dastur ishga tushgach 3-misol. 1 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni kamayish tartibida chop etuvchi dastur tuzing. yechish. Chop etiladigan sonlarni son takrorlash parametri i deb belgilanadi. Program Sonlar; Var i,son: Integer; Begin Son:= 101; For I:=1 To 100 Do Begin son:=son-1; WriteLn(son); end. End. Dastur ishga tushgach 4-misol. 1 dan 21 gacha toq sonlar yig'indisini hisoblash dasturini tuzing. yechish. 1 dan 21 gacha bo'lgan sonlari qarab chiqish uchun takrorlash operatori parametrini qo'llash mumkin. S=1+2+3+,,+21 yig'indidagi qo'shiluvchilar 255 dan katta emas, demak, bu holda parametr uchun byte, S butun va manfiy bo'lmagani uchun word turini tanlash mumkin. Indekslarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 709.37 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 709.37 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga