Paskalda shart bo'yicha takrorlash operatori

Paskalda shart bo'yicha takrorlash operatori

O'quvchilarga / Informatika va AT
Paskalda shart bo'yicha takrorlash operatori - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman XTMFMT va TE bo'limiga qarshli 36-o'rta ta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi Raximov Qahramon Fazilovichning informatika fanidan tayyorlagan bir soatlik Dars ishlanmasi Mavzu: Shart bo'yicha takrorlash operatori. Avvalgi ko'rilgan misollarda takrorlanishlar soni aniq edi. Ammo shunday masalalar ham uchraydiki, ularda biror amallar ketma -ketligini ma'lum bir shart bajarilganda takrorlash kerak bo'ladi. Bunda takrorlanishlar sonini avvaldan aytib bo'lmaydi. Bunday hollarda shart bo'yicha takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Paskalda bunday operator ikkita: While va Repeat. While operatori quyidagi umumiy ko'rinishga ega: While Do ; Bu yerda While (ing. toki) va Do Paskalning xizmatchi so'zlari; - oddiy yoki murakkab mantiqiy ifoda; - takrorlash tanasini tashkil etuvchi operator yoki operatorlar ketma -ketligi. Agar takrorlanish tanasida operatorlar ketma -ketligi yozilsa, ular begin bilan boshlanib, end; bilan yakunlanadi. Mazkur takrorlash operatori quyidagicha ishlaydi: Avval shart tekshiriladi. Agar uning qiymati rost bo'lsa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar ishlaydi va yana shart tekshiriladi. Bu jarayon shart yolg'on qiymat qabul qilgunga qadar davom etadi. 1- misol. Ikkita sonning eng katta umumiy bo'luvchisi (EKUB)ni topuvchi dastur tuzing yechish. Program EKUB; Var a,b: Integer; Begin Write('Birinchi sonni kiriting: '); ReadLn(a); Write('Ikkinchi sonni kiriting: '); ReadLn(b); While ab Do If ab Then a:=a-b Else b:=b-a; WriteLn('EKUB= ', a); End. Dasturni ishga tushirib 36, 24, 123 va 247 sonlarini kiritganimizda Repeat operatori Repeat operatori ham shart bo'yicha takrorlashni amalga oshiradi. Umumiy ko'rinish quyidagicha: Repeat Until Bu yerda Repeat (ing. Takrorlash) va Until (ing. Gacha) Paskalning xizmatchi so'zlari bo'lib, Repeat - takrorlash boshi, Until - takrorlash oxirini bildiradi; - oddiy yoki murakkab mantiqiy ifoda. Takrorlanish tanasi shart rost qiymat qabul gilguncha bajarilaveradi. 2- misol. S= 1,1+1,5+1,9+2,3++45,5 yig'indining hisoblash dasturini tuzing. yechish. Misolni tahlil qilib qo'shiluvchilar 0,4 ga farq qilishi aniqlanadi. Quyidagi ikkala yechimni taqqoslab ko'ramiz. 1) yechim Program Summreal; Var J,S: real; Begin S:=0; J:=1,1; While J=45.5; WriteLn('S= ', S); End. 2- yechimning dasturi 2- yechimning javobi. 3- misol. Tasodifit sonlar generatori (Random) dan foydalanib, ekranga har xil rangda «Informatika» so'zini chiqaruvchi dastur tuzing. Qizil rangli «Informatika» so'zi chiqishi bilan dastur ishi yakunlansin. yechish.Paskalda ranglar 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlanishi ma'lum.tasodifiy sonlar generatori bo'lgan Random(x) funksiyasi [0, x) oraliqda tasodifiy sonlarni olib beradi. Shuning uchun [0, 15] oraliqdagi butun sonlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 764.45 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 764.45 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga