Wordda hujjat hosil qilish va saqlash taqdimot

Wordda hujjat hosil qilish va saqlash taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Wordda hujjat hosil qilish va saqlash taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Hujjat hosil qilish va saqlash Wordda matnli hujjat hosil qilish va saqlashning usullari ko'p bo'lib, ular vaziyatga qarab qo'llaniladi. Bu usullarni eslab qolishingiz uchun ozgina mashq qilishingiz kifoya. Matnli hujjat tayyorlash uchun avvalo yangi sahifa (ishchi maydon) hosil qilinadi. Microsoft Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi: a) Ishga tushgan dastur Документ1 nomi bilan yangi hujjat hosil qihshni taklif etadi; b) Fayl menyusidan Hosil qilish ([Создать]) buyrug'i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa ochiladi. Bu ishni standart uskunalar inelidagi Hosil qilish tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Shu bilan matn hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi. Hosil qilinayotgan matnli hujjat xususiyatlariga qarab yuqorida aytib o'tilgan hujjat parametrlari mos ravishda o'rnatiladi. Ma'lumki, matn gaplardan, gaplar so'zlardan, so'zlar esa harflardan tashkil topadi. Bundan tashqari, matnda tinish belgilari va maxsus belgilar ham ishlatiladi. Bu belgilarning hammasi klaviaturada mavjud. Shu sababli mazkur klavishlarning klaviaturada joylashish tartibini qanchalik yaxshi bilsangiz, matn terish shunchalik oson bo'ladi. Buning uchun kerakli belgili klavishlarni ketma-ket bosish kifoya. Bosilgan klavishga mos belgi ishchi maydonining yurgich (kursor) ko'rsatib turgan yeriga yoziladi va yurgich bir o'rin o'ngga suriladi. Yodingizda bo'lsa, kursor harakatini boshqaruvchi yana bir nechta klavishalar bor. Ulardan eng muhimi [Enter] klavishidir. [Enter] klavishi bosilganda yurgich keyingi qator boshiga ko'chadi. Bu esa matnda abzas tugab, yangi abzas boshlanganini bildiradi. Yurgichni chapga , o'ngga , yuqoriga , pastga yo'nalish klavishlari mos ravishda chapga, o'ngga, yuqoriga va pastga siljitadi. Ba'zi klavishlarda ikkita yoki uchta belgining tasviri tushirilgan bo'ladi: Bu klavishlarni bosganda, unda tasvirlangan belgilardan qaysi biri ekranga chiqarilishi kompyuter va klaviatura qaysi holatda ishlayotganiga bog'liq. Masalan, klavishi bosilganda ekranga to'rt xil belgidan bittasi chiqariladi: Kompyuter lotin alifbosi va kichik harflar holatida bolsa v belgisi. Kompyuter lotin alifbosi va katta harflar holatida bo'lsa V belgisi. Kompyuter kirill alifbosi va kichik harflar holatida bo'lsa м belgisi Kompyuter kirill alifbosi va katta harflar holatida bo'lsa M belgisi ekranga chiqariladi, Alifboning kichik harflari quyi registr, katta harflari yuqori registr belgilari deyiladi. Kompyuter ishga tushirilganda klaviatura odatda quyi registr holatida bo'ladi. Yuqori registr belgilarini ekranga chiqarish uchun kerakli klavish [Shift] klavishi bilan birgalikda bosiladi. Demak, yuqori registr [Shift] klavishi bosib turilgan vaqtda ishlaydi. [Shift] klavishi qo'yib yuborilishi bilan klaviatura quyi registr holatiga qaytadi. Ba'zan matnning biror qismini faqat bosh harflarda yozishga to'g'i keladi. Bunday holda, odatda, [CapsLock] klavishidan foydalaniladi. Bu klavish bosilganda klaviaturaning o'ng yuqori qismida [CapsLock] indikatori yonadi va klaviatura yuqori registr holatiga o'tadi. [CapsLock] klavishi qaytadan bosilsa, [CapsLock] indikatori o'chadi va klaviatura quyi registr holatiga qaytadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 99.7 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 99.7 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga