Hujjatlarni tahrir qilish taqdimot

Hujjatlarni tahrir qilish taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Hujjatlarni tahrir qilish taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Hujjatlarni tahrir qilish Matnga yangi belgi qo'shish Matn yozilganda xatoliklarga yo'l qo'yilgan bo'lishi mumkin. Yozish jarayonida tez-tez fikr o'zgarib turishi mumkin. Bu holda umuman bexato yozilgan matnga ham qo'shimchalar va tuzatishlar kiritiladi. Matnni tahrir qilishda eng ko'p bajariladigan ishlardan biri bu ortiqchi belgini o'chirish yoxud tushib qolgan belgini oraga joylashtirishdir. Matnga yangi belgilarni kiritish quyidagicha bajariladi: Yurgich matnning kerakli belgilar kiritilishi lozim bo'lgan joyiga o'matiladi. Kerakli belgilar klaviaturada teriladi. Matu qismini belgilash Matnda belgilangan biror qism blok deyiladi. Odatda, blok qora fonda oq belgi ko'rinishda tasvirlanadi. Blok ustida turli amallar (o'chirish, nusxaiash, ko'chirib o'tkazish, formatlash va boshqalar) bajarish mumkin. Matnda blok ajratish klaviatura yoki sichqoncha yordamida amalga oshirilishi mumkin. Klaviatura yordamida blok ajratish uchun yurgich kerakli qismning (belgi, so'z, satr yoki abzas, sahifa) birinchi belgisi oldiga joylashtiriladi. So'ng [Shift] klavishini bosib turgan holda [] yoki [] yo'nalish klavishi kerakli matn qismi belgilanguncha bosib turiladi. Hujjatni to'liq belgilash uchun [Ctrl] klavishini bosib turgan holda lotin harfi [A] bosiladi. Sichqoncha yordamida blok ajratish ko'p usulda amalga oshiriladi. Masalan: yurgichni belgilanishi kerak bo'lgan qism oldiga joylashtirib sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda harakatlantirish; so'zni belgilash uchun yurgichni so'z ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish; abzasni belgilash uchun yurgichni abzas ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini uch marta bosish; abzasni belgilash uchun sichqoncha ko'rsatkichini satr oldidagi hoshiyaga olib borib, chap tugmasini ikki marta bosish; gapni belgilash uchun yurgichni gap ustiga olib borib [Ctrl] klavishini bosib turgan holda sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish; satrni belgilash uchun sichqoncha ko'rsatkichini satr oldidagi hoshiyaga olib borib, chap tugmasini bir marta bosish; matnni to'liq belgilash uchun sichqoncha ko'rsatkichini satr oldidagi hoshiyaga olib borib, chap tugmasini uch marta bosish; matnning to'g'ri to'rtburchak shaklidagi qismini Alt klavishini bosib turib sichqonchani chap tugmasini bosib turgan holda belgilash; dasturning Holat satrida joylashgan [ВДЛ] yozuvli tugmaga sichqoncha ko'rsatkichini yo'naltirgan holda chap tugmasi ikki marta bosilsa matnda belgilash tartibiga o'tiladi va matn belgilanadi, so'ng yana matn kiritish tartibiga o'tkazish uchun sichqoncha ko'rsatkichini [ВДЛ] yozuvli tugmaga yo'naltirib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Hujjatda o'chirish Matn yozish jarayonida xato yozilgan belgini o'chirish zarur bo'ladi. Agar yurgich o'chirilishi kerak bo'lgan belgidan oldin turgan bo'lsa - [] ([Enter] klavishidan yuqorida joylashgan va ikkinchi nomi [Backspace] bo'lgan) klavishni, keyin turgan bo'lsa - [Delete] klavishini bosish yetarli. Matnning belgilangan qismini o'chirish. Agar hujjatning so'z, gap, satr yoki abzas kabi qismini o'chirish lozim bo'lsa, bu qismni blokka olib [Delete] klavishini bosish kifoya. Ba'zan, o'chirilgan qismni boshqa joyga joylashtirish lozim ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 46.73 KB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 46.73 KB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga