Internet tarmog'idan o'quv tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik imkoniyatlari

Internet tarmog'idan o'quv tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik imkoniyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet tarmog'idan o'quv tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Internet tarmog'ida o'quv tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik imkoniyatlari Internet tarmog'ining ta'lim xizmatlari. Internetning didaktik xususiyatlari. Axborotlarni ta'lim muammolari bo'yicha tahlili va ularni grafik tarzda namoyish qilish usullari. Internet. Butun jahon global tarmog'i. U davlat, ta'lim, tijorat, harbiy va korporativ tarmoqlarni birlashtirib, IP protokoliga asoslangan. Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikatsiya xizmatlarini taminlovchi global axborot tizimi. Uning qismlari IP protokoliga asoslangan noyob manzil makoni orqali o'zaro bog'liq. Yer sharini qamrab olgan o'zaro bog'liq kompyuter tarmoqlari to'plami. Internet, barchasi IP protokolidan foydalanuvchi kompyuterlar, elektron pochta, ma'lumotlar bazalari va mulohaza guruhlaridan foydalanishni ta'minlaydi. Internet banki.Internet orqali bank xizmatlarini ko'rsatuvchi bank. Mijozlarga Internet orqali xizmat ko'rsatuvchi an'anaviy bank ham, virual bank ham Internet-bank hisoblanishi mumkin. Internet brokeri. Internet treyding xizmatlarini ko'rsatuvchi brokerlik (sarmoya) kompaniyasi yoki uning vakili. Internet do'kon. Mahsulotlarni iste'molchilarga to'g'ridan-to'g'ri sotishni amalga oshiradigan veb-server. Bunda iste'molchilarga axborot berish, mahsulotga buyurtma berish va shartnoma tuzish Internet do'koni veb-saytida amalga oshiriladi. Internet jamiyati. Internetni rivojlantirish sohasida hamkorlikni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish masalalari bilan shug'ullanuvchi xalqaro notijorat tashkiloti. ISOC 1991 yili AQSHda manfaatdor tashkilotlar tomonidan tuzilgan. Uning asosiy vazifasi zamonaviy axborot texnologiyalarini ommalashtirish va axborot tarmoqlarining global axborot infratuzilmasiga birlashishga yordam berish hisoblanadi. Mazkur jamiyat Internet tarmog'ini rivojlantirish va undan foydalanishda yordam ko'rsatadi. Shu bilan birga, u Internet arxitekturasini o'rganish va tarmoqni ekspluatatsiya qilish bo'yicha o'qitish ishlarini olib boradi, hamda tarmoq tadqiqotlari va ishlanmalarini rag'batlantiradi. Internet jurnalistika. XX asr oxirida Internetning rivojlanishi va tarqalishi bilan paydo bo'lgan jurnalistikaning turi. Internet inkubatori. Internet kompaniyalari va loyihalarini tezkor ravishda tayyorlash va bozorga chiqarishga qaratilgan venchur sarmoya modeli. Internet kimoshdi savdosi. Elektron savdo tizimi. Unda mahsulot bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi. Odatda iste'molchi-iste'molchi sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur ww.ebay.com sayti misol bo'lishi mumkin. Kimoshdi savdolari to'g'ridan-to'g'ri biznes-biznes sohasiga ham taalluqli bo'lishi mumkin, masalan, energiya kimoshdi savdolari. Internet kompaniyasi. Internet xizmatlarini ko'rsatuvchi yurilik shaxs. Uni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda an'anaviy biznes (jumladan, savdo) yurituvchi kompaniyalardan farqlash lozim. Internet marketing. Internetda auditoriya javobini olish uchun reklamaning barcha aspektlaridan foydalanish amaliyoti. Bunga Internet tarmog'ida ishlashning ijodiy va texnik aspektlari kiradi, jumladan, dizayn, reklama va marketing. Internet marketing usullariga izlash tizimlari marketingi, banner reklamasi, e-mail marketing va e-mail reklamasi, virusli marketing, yashirin marketing, interaktiv reklama va boshqalar kiradi. Internet mahsulotlari. Huquq , soliq, firmalarni tasis etish va boshqa masalalar bo'yicha onlayn rejimda o'zaro aloqada ishlash. Ularni yo'lga qo'yish uchun elektron pochta, Internet anjumanlaridan foydalaniladi. Uni elektron biznes turi bo'lgan elektron konsaltingdan farqlash lozim. Internet OAV. Internetda ommaviy axborot vositasi vazifasini bajaruvchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 537.96 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 537.96 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga