3-Mavzu. Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash asoslari Kompyuter tarmoqlari. Tarmoqlarning texnik vositalari. Internet. Internetda ishlash asoslari. Internetda axborot izlash tizimlari va ulardan foydalanish. Kompyuter tarmoqlarining paydo bo'lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o'zida bir xil ma'lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo'shimcha mablag'ni asraydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o'rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Bugungi kunga kelib, ayniqsa bank faoliyatida, tarmoq (ko'p foydalanuvchi) dastur mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda. Ular foydalanuvchilar so'rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o'zida axborotdan foydalanish imkonini beradi. Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta'minoti orqali o'zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi. Tarmoqlarni turli me'yorlarga ko'ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 1) o'tkazish qobiliyati, yani ma'lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: - past 100 Kbit s gacha; - o'rta 0,5-10 Mbits gacha; - yuqori 10 Mbits dan ortiq. 2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o'lchoviga muvofiq: - LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); - CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, (binolar orasidagi kompyuter tarmoq); - MAN (Metropolitan-Area Network) katta radiusga (bir necha o'n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq; - WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli, mintaqaviy, maxsus qurilma va dasturlar bilan ta'minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq; - GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qitalararo) tarmoq; 3) tarmoq tugunlari turi bo'yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stansiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo'la oladi. Unchalik katta bo'lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog'i uchun tugun bo'ladi. 4) tugunlar munosabatiga ko'ra: - bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo'lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu yerda hamma kompyuterlar ham «mijoz», yani tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», yani tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko'rsatishni taminlovchi bo'lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog'i; -tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko'rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; -server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu yerda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Manager va boshqalar). 5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo'yicha (tarmoq OS): gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan ...

Joylangan
08 Sep 2022 | 16:45:17
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.37 MB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Sep 2022 [ 16:45 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.37 MB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:55 ]
Arxiv ichida: ppt