Kompyuter tizimlari asoslari Axborot tushunchasi Informatika sohasining asosiy resursi bu - axborotdir. Axborot - olamdagi butun borliq, undagi ro'y beradigan hodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma'lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir. Axborotni almashish Fikr Moliyaviy kelishuv Axborot turlari Matn. Matn - bu ma'lumotlarni ifodalash shakli bo'lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Tasvir. Tasvir - bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarni o'zida ifodalagan rasm bo'laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi va shunga o'xshash ma'lumotlar hisoblanadi. Animatsiya. Animatsiya malum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda malum vaqt oralig'ida, malum sondagi bir xil o'lchamga ega bo'lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Axborotning o'lchovi va hajm birliklari Har qanday mahsulotning o'lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga o'xshash axborotning ham o'lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir bit bu bitta 1 yoki bitta 0. Bunda signalning mavjudligi 1 bilan yoki yo'qligi 0 bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi ma'lumotlar sig'imini o'lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o'lchamlar mavjud: 1 Kb =1024 bayt, 1 Mb=1024 Kbayt, 1 Gb =1024 Mbayt, 1 Tb =1024 Gbayt. Fayl tushunchasi va ularning turlari Fayl yagona yaxlit deb qaraladigan ma'lumotlar yoki dasturlar majmuasi. Fayl o'z nomiga ega bo'lgan va tizimda saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy elementi bo'lgan obyektdir. Foydalanuvchi faylni yaratishi, jo'natishi va yo'q qilishi mumkin. Har bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat. Faylning atributlariga, birinchi navbatda uning ismi, axborot turi, yaratilish kuni va vaqti, undan faydalanish usuli, uni ishlatishga ruxsat berish shartlari kiradi. Fayllar ustida bajariladigan amallar Fayllar o'z nomiga ega bo'lgan hamda o'zida axborotlarni jamlagan obyektdir. Shunday ekan, demak undan foydalanish jarayonida ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin. Bular: fayllarni yaratish; fayllarni nusxalash; fayllarni o'zgartirish; fayllarni uzatish; fayllarni o'chirish Axborotlarni uzatish turli xil usullarda, yani xabarchi yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog'idan uzoq masofaga uzatish yordamida amalga oshiriladi. Aloqa tarmog'i bo'yicha uzoq masofaga uzatish usulida ma'lumotlarni uzatish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi. Axborotlarni uzatish Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig'imi Malum vaqt oralig'ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi. Axborotni uzatish tezligi birliklari : Bitsekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; Kbitsekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali ...

Joylangan
08 Sep 2022 | 16:45:17
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.06 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:56
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Sep 2022 [ 16:45 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.06 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:56 ]
Arxiv ichida: ppt