Kompyuterlar va ularning turlari

Kompyuterlar va ularning turlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuterlar va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

1.Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi; 2.Noutbuk va netbuklar; 3.Kompyutorning asosiy kurulmalarning vazifalari 4.Videoproyektor va ekran; 5.Printer va skaner qurilmalari va ularning ahamiyati; 6.Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar; 7.Kompyuterda multimedia (audio, video) ma'lumotlarini namoyish etish; 8.Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari. Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo'yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo'ljallangan elektron mashina. Kompyuter so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, hisoblash, hisoblagich degan manolarni bildiradi. Noutbuk - mobil ixcham shaxsiy kompyuter bo'lib, uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo'ladi. Bunday kompyuterlarning ko'pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Netbuk - Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo'ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o'lchamlari, kichik vazni, kam energiya istemoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. Sichqoncha (ingl. mouse - sichqon) ma'lumot kiritish qurilmasi bo'lib, biror tekislik bo'ylab yurg'izilganda ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma'lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos yo'nalishlarda harakatlanadi. Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko'magida amalga oshiriladi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo'ladi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. proyektorlar va ekranlar ma'lumotlarni yirik o'lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o'lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, ko'proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi. Videoproyektor kompyuter va shunga o'xshash namoyish vositalarining alohida qo'shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo'ljallangan. Ekran - videoproyektor orqali yoritilayotgan materiallarni o'zida tasvirlovchi element. Printer (ingl. Printer- chop qiluvchi) ma'lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma, purkovchi va lazerli. Bosma printer ignalar yordamida, purkovchisi naycha yordamida, lazerli printer esa maxsus baraban yordamida chop qiladi. Purkovchi hamda lazerli printerlar yordamida rangli ma'lumotlarni chop etish mumkin. Skaner (ingl. scanner - o'qib oluvchi) ma'lumotlarni nurli lampa yordamida rasmli ko'rinishda kompyuter xotirasiga o'qib oluvchi qurilma. Skanerlarning asosan ikki turi mavjud: stol usti skanerlari va qo'l skanerlari. Flesh disklar juda katta hajmdagi axborotni o'z ichiga sig'dira oladigan yarim o'tkazgichli elementlardan qurilgan xotira. Hozirgi kunda flesh xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo'lgan axborotni o'ziga sig'dira oladi. Flesh xotiralar o'lcham jihatidan juda kichik bo'lib foydalanish uchun juda qulash. CD disklar - bu kompakt disk so'zlarining bosh harflaridan olingan nomli disklar bo'lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.45 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:58 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.45 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga