Kompyuterning asosiy qurilmalari monitor prosessor klaviatura Kompyuter monitori (displey, display - ko'rsatmoq, tasvirlamoq), matnli va grafik axborotlarni asosan kineskop (elektron-nurli asbob) ekranida ko'z bilan ko'rish uchun aks ettiradigan qurilma. Monitorlar rangli va monoxrom bo'lib, bir-biridan o'lchamlari bilan farq qiladi. Shuningdek, rostlash va ranglarni to'g'rilash uchun mo'ljallangan turli vositalar bilan jihozlanadi. Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati (aks ettiriladigan tasvirdagi gorizontal va vertikal bo'yicha chiqariladigan nuqtalar soni) turlicha bo'ladi. ShAXSIY KOMPYuTYeRNING ASOSIY FUNKSIONAL TAVSIFI Shaxsiy kompyuterning asosiy funksional tavsifi quyidagilardan tashkil topadi: ish unumdorligi. Zamonaviy EHMlarning ish unumdorligi, odatda, soniyada million operatsiya o'lchov birligi bilan o'lchanadi; ish tezligi; taktli chastota; mikroprotsessor tizimining hamda interfeysning kodli shinasiga daxldor razryadlik darajasi. yani bitta komanda yordamida markaziy protsessor ishlov bera oladigan axborot bitlarining miqdori. Tezkor xotira qurilmasining hajmi. Odatda, tezkor xotira qurilmasining hajmi Mbaytlarda o'lchanadi. Hajmi 16 Mbayt bo'lgan tezkor xotira qurilmalari bilan aksariyat zamonaviy amaliy dasturlar ishlamaydi, ishlagan taqdirda ham ularning ishi nihoyatda sust kechadi; ko'chmas magnit disk asosidagi to'plagich (vinchester) hajmi. Vinchester hajmi, odatda, Gbayt o'lchov birligida o'lchanadi; Kesh-xotira qurilmasi - sekin ishlovchi xotira qurilmalari ichida saqlanayotgan axborot ustida bajarilayotgan operatsiyalarni jadallashtirish uchun kompyuter tomonidan avtomatik ravishda ishlatiladigan, foydalanuvchi daxl qila olmaydigan, tez ishlovchi, kichik hajmli (virtual) buferli xotira qurilmasidir. Agar mashinada hajmi 256 Kbaytga teng kesh-xotira qurilmasi qo'llanilayotgan bo'lsa, ushbu qurilma shaxsiy kompyuter ishining unumdorligini 20 foizga oshiradi; videomonitor va videoadapter rusumi; printer mavjudligi va uning qo'llanilgan turi; Tizim bloki ko'chmas mikrokompyuterning asosiy qismi bo'lib, uning korpusi ichiga kompyuterning barcha asosiy uzellari joylashtiriladi. Jumladan: tizim platasi (yoki asosiy plata); elektr ta'minot bloki; ko'chmas magnit disk asosidagi to'plagich (vinchester); ko'chma magnit disk asosidagi to'plagich; optik disk asosidagi to'plagich; qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun mo'ljallangan ajratkichlar. MIKROPROTsYeSSOR (MP) (CPU, Central Processor Unit - markaziy protsessorli qurilma, MPQ) - mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo'ljallangan shaxsiy kompyuterdagi markaziy blok. Bitta yoki bir nechta katta integral sxemalar7 ko'rinishiga ega elektron sxema, axborotga ishlov berish qurilmasi. TAShQI QURILMALAR har qanday hisoblash kompleksining eng muhim tarkibiy qismi sanalib, yuqorida zikr etib o'tilganday shaxsiy kompyuterning tevarak-atrof bilan, jumladan foydalanuvchilar, boshqarish obyektlari va boshqa kompyuterlar bilan hamkorligini ta'minlaydi. Tashqi qurilmalar kompyuterga kiritish- chiqarish portlari deb nomlanadigan maxsus ajratkichlar orqali ulanadi. Ushbu portlar esa, o'z navbatida, parallel va ketma-ket turlarga bo'linadi. LPT1 - LPT4 ko'rinishida belgilanadigan parallel kiritish-chiqarish portlari, odatda, kompyuterga turli printerlarni ulash uchun xizmat qiladi. SOM1 - COM4 ko'rinishida belgilanadigan ketma-ket kiritish-chiqarish portlarga esa sichqon, modem va shu kabi boshqa qurilmalar ...

Joylangan
08 Sep 2022 | 16:45:17
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.5 MB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:58
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Sep 2022 [ 16:45 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.5 MB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:58 ]
Arxiv ichida: ppt