MathCad dasturida dasturlash mavzusida mustaqil ish

MathCad dasturida dasturlash mavzusida mustaqil ish

O'quvchilarga / Informatika va AT
MathCad dasturida dasturlash mavzusida mustaqil ish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish instutiti Bino va inshootlar qurilishi fakulteti Informatika va informatsion texnologiyalar fanidan MUSTAQIL ISH Guruh: Bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2017 Mavzu : Math Cad dasturida dasturlash REJA: 1. Mathcad dasturining imkoniyatlari. 2. Mathcad amaliy dasturlar paketini ishga tushirish. 3. Mathcad dasturining interfeysi. 4. Mathcad oynasi tuzilishi Matematik paketlar, ayniqsa Mathcad - yuqorida sanab o'tilgan ro'yxat ichida eng mashhur paket bo'lib, ilmiy - texnikaviy soha mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga e'tibor berilmasdan (masalan:fortran, C, paskal, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda matematik modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi. Quyida Mathcad matematik dasturlash muhitida ishlashning yaqqol ajralib turadigan imkoniyatlarini sanab o'tmoqchimiz:  Mathcad muhitida matematik ifoda, qabul qilingan ko'rinishda ifodalanadi. Masalan, daraja yuqorida, indeks pastda, integralning yuqori va quyi chegaralari esa an'anaviy joyida turadi.  Mathcad muhitida dasturlashni tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad - hujjatida yangi ifoda kiritar ekan, uning qiymatini bira to'la hisoblash va ifodani kiritishda yo'l qo'yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko'rish imkoniyati ham mavjud.  Mathcad paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan qurollanganki, ular orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo'ladigan muammolarni hal qilishimiz mumkin. Mathcad xos bo'lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o'tmoqchimiz:  Chiziqli va chiziqli bo'lmagan algebraic tenglama va sistemalarni yechish;  Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy masala) yechish;  Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish;  Berilganlarni static qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, approksimatsiya va ko'pgina boshqa amallar);  Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar);  Funksional bog'liqlikning maksimum va minimumini izlash. Mathcad paketi matematik va fizik-kimyoviy formulalarga, hamda o'zgarmaslarga asoslangan yordamchi qo'llanmalar bilan boyitilgan. Mathcad paketida turli sohalar bo'yicha electron darsliklar yaratish mumkin. Masalan: oddiy differensial tenglamarni yechish, statistika, termodinamika, boshqaruv nazariyasi, materiallar qarshiligi va boshqalar bunga misol bo'la oladi. Foydalanuvchi o'z oldiga qo'yilgan masalani yechish bilan cheklanibgina qolmay, fizikaviy maslalarni yechishda o'lchovni hisobga olish imkoniyatiga ega. Bunda foydalanuvchi birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin. Bundan tashqari Mathcad muhitida animatsiya vositasi bilan qurollangan, bunda tuzilgan modellarni nafaqat static (o'zgarmas), balki dinamik (animatsion kliplar) holda yaratish mumkin. Mathcad muhiti belgili matematika elementlari bilan boyitilgan bo'lib, bunda masalani nafaqat sonli yechish, balki analitik usulda ham yechishga imkoniyat yaratilgan. Mathcad muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi hujjatlarni ishlatish va Internet tavsiya qiladigan yuqori informatsion texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Mathcad tizimida masalalarni sonli yechish bilan bir qatorda analitik usulda yechish hisobga olingan. Shuning uchun foydalanuvchilar bu dasturdan o'zlari yecha olmagan matematik masalalar uchun tayanch yechim ombori ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 845.26 KB
Ko'rishlar soni 401 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 845.26 KB
Ko'rishlar soni 401 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga