MatрCAD - matematik va kimyoviy ifodalarni qurish va hisoblash

MatрCAD - matematik va kimyoviy ifodalarni qurish va hisoblash

O'quvchilarga / Informatika va AT
MatрCAD - matematik va kimyoviy ifodalarni qurish va hisoblash - rasmi

Material tavsifi

MatCAD dasturi haqida umumiy tushuncha. Режа: 1.Matematik va kimyoviy ifodalarni qurish va hisoblash Matematik ifodalarni qurish va hisoblash Boshlang'ich holatda ekranda kursor krestik ko'rinishda bo'ladi. Ifodani kiritishda u kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko'k burchakli holatga o'tadi. Mathcadning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin: menyu buyrug'idan foydalanib; klaviatura tugmalaridan foydalanib; matematik paneldan foydalanib. O'zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori := ishlatiladi. Hisoblashlarni amalga oshirish uchun oldin formuladagi o'zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda yozilib tenglik = belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo'ladi (2-rasm). 2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash. Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi. Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan kesib olish - Ctrl+x, nusxa olish - Ctrl+c; qo'yish - Ctrl+v, bajarishni bekor qilish - Ctrl+z. Mathcad 200 dan ortiq o'zida qurilgan funktsiyalariga ega bo'lib, ularni matematik ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funktsiyani qo'yish) tugmasiga bog'langan muloqot oynasidan foydalaniladi. Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert →Text Region (Qo'yish→Matn maydoni) buyrug'ini berish yoki yaxshisi klaviaturadan ikkitali kavichka () belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma'lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydoni paydo bo'ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonni ham qo'yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Insert→Math Region (Qo'yish→Matematik maydoni) buyrug'ini berish kifoY. Bu maydondagi kiritilgan matematik ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi. Mathcadda foydalanuvchi funktsiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning effektivligini oshiradi. Funktsiya chap tomonda ko'rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o'zgaruvchi kattaliklari funktsiya parametri qilib funktsiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (3-rasm). 3-rasm. Hsoblashlarda foydalanuvchi funktsiyasini tuzish 1 - masala: Bu masalani Mathcad matematik dasturi yordamida echamiz. Chiziqli tenglamalar tizimlarini yechish Quyidagi berilgan tenglamalar tizimlarining taqribiy yechimini toping. Foydalanilgan adabiyotlar 1. LFausett: Numerical Methods Using Mathcad, Prentice Hall, 2002.Ft.K.Nagle, 2. E.B.Staff A.D.Snide: Fundamentals of Differential Equations 6th edition , Addition Wesley, 2004 3. D.T.Wu: Using Mathcad in Teaching Differential Equations, Electronic Proceedings of ICTMT4, 199. 4. D.T.Wu: Teaching Numerical Analysis with Mathcad, International Journal of Computer Algebra in Mathematics Education Vol 10 No.1, 2003. 5. Макаров Е. Инженерние расчети в Mathcad. Изд. Питер. М. 2003г. 6. Plis A.I., Silvina N.A. Mathcad 200: Математический практикум для экономистов и инженеров: Учеб.пособие. -М. Финанси и статистика, 200г. 7. Макаров Е. Г. Инженерние расчети в Mathcad. Учебний курс. : Питер, 2010. 8. http:ww.mathcad.com ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 335.48 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 335.48 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga