Word hujjatlarining asosiy parametrlari

Word hujjatlarining asosiy parametrlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Word hujjatlarining asosiy parametrlari - rasmi

Material tavsifi

Hujjatning asosiy parametrlari Hayotimizni turli-tuman hujyatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Inson tug'ilishi bilan unga tug'ilganlik haqida guvohnoma tayyorlanadi, salomatlik varaqasi ochiladi va hokazo. Siz bu kabi hujjatlarga ko'p duch kelgansiz. Uyda foydalangan elektr energiyasi uchun to'lov kvitansiyasi, biror mavzuda tayyorlangan referat yoki insho ham shular jumlasidandir. Bu ro'yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ular bir-biridan faqat mazmuni bilan emas, balki boshqa jihatlari bilan ham farq qiladi. Birinchi navbatda ko'zga tashlanadigan farq hujjatlarning o'lchamida. Turli hujjatlar turli o'lchamdagi qog'ozga yozilganini ko'p kuzatgansiz. Bundan tashqari, matn yozilganda sahifaning chap, o'ng, yuqori va pastki qismidan turlicha masofa qoldiriladi. Turli hujjatlarda satrlar orasidagi masofa ham har xil bo'lishi mumkin. Rasmiy hujjatlarda bu kabi cheklanishlar juda ko'p uchraydi. Matn protsessorlari yordamida hosil qilingan matn hujjat deb yuritilishi avvalgi darslarda aytib o'tilgan edi. U rasmiy hujjat bo'lishi shart emas. Matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa parametrlari va matn parametrlari belgilab olinadi. Ular hujjatlarning parametrlari deb yuritiladi. Sahifa parametrlari Biror hujjat tayyorlashda avvalo u qanday o'lchamdagi qog'ozga chop etilishi belgilab olinadi. Shunga ko'ra sahifa oichamlari tanlanadi. Buning uchun Fayl menyusiga kiriladi. Fayl menyusi amallari ketma-ketligdan Sahifa parametrlari (Параметры страницы) amali tanlanadi. Ekranda Sahifa parametrlari muloqot oynasi paydo bo'ladi. U to'rtta ilova (amallar majmuyi) dan iborat. Ulardan Qog'oz o'lchamlari (Размер бумаги) ilovasi tanlanadi. Bu ilova orqali sahifaning eni (kengligi) va bo'yi kiritiladi yoki taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi. Shundan so'ng Hoshiya (Поля) amalining Yo'nalish (Ориентация) bo'limida sahifa yo'nalishi belgilab olinadi. U kitob sahifasi (Kнижная) yoki albom sahifasi (Aльбомная) kabi bo'lishi mumkin. Sahifa o'lchamlari tanlangach, sahifaning hoshiyalari belgilanadi. Buning uchun sahifa parametrlari oynasidagi Hoshiya (Поля) ilovasi tanlanadi. Bu ilovada sahifaning yuqori, pastki, chap va o'ng tomonlaridan qancha joy qoldirilishi ko'rsatiladi. Shu ilovaning Namuna (Образец) qismida tanlangan parametrlarga mos sahifa nusxasi aks etib turadi. Biror parametr o'zgartirilsa, ushbu sahifa nusxasi ham mos ravishda darhol o'zgaradi. Sahifa o'lchamlari va hoshiyalar o'rnatilgach, Sahifa parametrlari muloqot oynasidagi OK tugmasi (sichqoncha yordamida) bosiladi yoki Enter tugmasi bosiladi. Matn parametrlari Sahifa parametrlari tanlangach matn parametrlari (shrift turi, shrift o'lchami, abzas chekinishi, satrlar orasidagi masofa) belgilab olinadi. Kerakli shriftni tanlash uchun Format menyusiga kirib, Shrift bo'limi tanlanadi. Ekranda Shrift muloqot oynasi hosil bo'ladi. Shrift oynasida berilgan shriftlardan biri tanlanadi: Masalan, Times New Roman. Tanlangan shrift nomi shriftlar ro'yxatining yuqorisida joylashgan maxsus darchada aks etadi. Shakl (Начертание) oynasida berilgan shriftning Oddiy, Og'ma, Qalin, Qalin og'ma ko'rinishlaridan birini tanlaymiz. Masalan, Oddiy (Обычный). Shrift oynasida berilgan shriftlardan biri tanlanadi: Masalan, Times New Roman. Tanlangan shrift nomi shriftlar ro'yxatining yuqorisida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 106.46 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 106.46 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga