Word matn protsessori interfeysi taqdimot

Word matn protsessori interfeysi taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Word matn protsessori interfeysi taqdimot - rasmi

Material tavsifi

MS Word matn protsessori interfeysi Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi ham katta ahamiyatga ega bo'lganda qoilaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko'rinishiga ta'sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va korinishlarini o'zgartirish va hokazo. Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qoilaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi. Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqat-gina matn emas, balki uning tashqi ко 'rinishi haqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o'zida saqlaydi. Ular maxsus kodlar bo'lib, ekranda ham, qog'ozda ham ko'rinmaydi. Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchim turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga har doim ham erishib bo'lmaydi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn ko'rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullari va yo'l-yo'riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo'lgan Microsoft Office 2003 paketiga kiritilgan Microsoft Word (qisqacha Word) matn protsessori misolida ko'rib chiqamiz. U juda ko'p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi. Word grafik interfeysga ega bolib, aksariyat buyruq va amallar sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyati­ga ega. Har bir hujjat oyna deb ataladigan maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xohishiga qarab belgilab oladi. Matn protsessorlariga oid dastlabki atamalar Shrift (nemischa) - (lotin, kirill, arab, grek va boshqa) alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko'rinishlari. Shriftlar yoziv shakli (masalan, Baltika Uzbek, Times New Roman, Monotype Corsiva), chizma ko'rinishi (og'ma, tagchiziqli), rangga to'yinganligi bilan (masalan, oddiy qalin), o'lchami (masalan, 11 punkt, 14 punkt, bu yerda punkt = 0,3759 mm) bilan farq qiladi. So'z - belgilar ketma-ketligi bo'lib, ular bir biridan probel, nuqta vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo'shtiroq belgisi bilan ajralib turadi. Satr - bitta chiziqda yozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi. Matn protsessorlari satr oxirida so'z yoki belgini keyingi satrga avtomatik o'tkazadi. Hoshiya - sahifa chekkasidagi toza saqlanadigan qism. Bosh satr - hoshiyadan chekinishi bo'lgan satr. Abzas (nemischa) - bosh satri bo'lgan satrlar ketma-ketligi. Abzaslar boshqalaridan chekinishi, yozuv usuli (stili, masalan, oddiy, asosiy, sarlavha), intervali (satrlar orasining kengligi) bilan farqlanishi mumkin. Yanj abzasga o'tish yoki bo'sh satr qoldirish uchun (Enter) klavishi bosiladi. Matn - abzaslar yig'ilmasi. Fragment (lotincha: bo'lak) - matnning belgilangan qismi, boiagi. Sahifa - kitob yoki daftar varag'ining bir tomoni. Matn protsessorlarid sahifa bir bosma qog'ozga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 210.41 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 210.41 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga