Wordda matn yozish qoidalari Matn protsessorlarida matn yozish uchun faqat klavishlarni bosishning o'zi yetarli emas. Wordda matn avvaldan puxta o'ylangan reja yoki tartib asosida yoziladi. Biror hujjat tayyorlashni rejalashtirishda hujjatni ko'rinishlarini, matn yozish qoidalarini, hujjatda harakatlanishni, tahrirlash imkoniyatlarini bilish muhimdir. Bugungi dars davomida siz ana shular haqida ma'lumot olasiz. Hujjatning ko'rinishlari Word dasturi hujjatni tayyorlash maqsadidan kelib chiqib uning quyidagi ko'rinishlari holatlarini tavsiya etadi. Oddiy (обычный) holat matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun mo'ljallangan. Bu holatda sahifa hoshiyalari, rasmlar ko'rinmaydi. Bu holatdan matnning mazmuni ko'proq ahamiyatli bo'lganda foydalaniladi. Web-hujjat (веб документ) holati matnni Internet dasturlarida (masalan, Windows tarkibidagi Internet Explorerda) ko'rsatish uchun tayyorlanganda foydalanish qulay. Bu ko'rinishda fon, rasmlar va matn Internet sahifasidagi ko'rinishda aks etadi. Sahifa belgilari (Разметка страницы) holati. Bu holatda matn hoshiyalari, rasmlar va boshqa qismlari chop etishga mo'ljallangan sahifadagi kabi ko'rinishda aks etadi. Odatda, bu ko'rinishda vertikal va gorizontal chizg'ichlar aks etib turadi. Struktura (Структура) holati matn tarkibini ko'rib turish, uning qismlarini nusxalash, ko'chirib o'tkazish yo'li bilan matnni qayta tashkil qilishda ishlatiladi. O'qish (режим чтения) holati hujjatni ekranda o'qish uchun juda qulay. Bu holatda uskunalarning ba'zi panellari aks etmasligi mumkin. To'liq ekran (Во весь экран) holati hujjatni ekranda ko'zni charchatmasdan ko'rib chiqish uchun qulay. Bu holatda hujjat sahifasining o'lchamlari ekran o'lchamlariga mos o'zgaradi va ekranda faqat sahifa aks etadi. Odatda, Word ishga tushirilganda ekranda Sahifa belgilari holati aks etadi. Matn yozish qoidalari Wordda matn yozganda quyidagilarni bilish maqsadga muvofiqdir: Barcha matn muharrirlarida bo'lgani kabi Wordda ham matnning bir satrga sig'magan qismi yangi satrga avtomatik ko'chadi. Yangi abzasga o'tish uchun Enter klavishini bosish zarur. Har qanday tinish belgisidan keyin probel (bo'sh joy) klavishi bosilishi shart, tinish belgisidan oldin probel bosilmaydi. Qat'iy probelni joylashtirish uchun [Ctrl]+[Shift]+[probel] klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy probel satr oxirida yozilgan probel qatnashgan jumla (masalan, N. Solixova) ajralib qolmasligi uchun, ya'ni bir satrda joylashishi shart bo'lganda ishlatiladi. Defis (tire -) belgisi probellarsiz yoziladi, masalan: qovun-tarvuz. Uzun tire (-) ikki tomondan probellar bilan ajratiladi. Uni yozish uchun [Ctrl], [Alt] va yordamchi klavishlar majmuidan uzun tire klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy tireni yozish uchun [Ctrl], [Shift] va [-] klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy tire satr oxirida yozilgan defis qatnashgan so'z ajralib qolmasligi uchun, ya'ni bir satrda joylashishi sharl bo'lganda ishlatiladi. Qavs, tirnoq yoki qo'shtirnoq ichiga olingan so'zlar ulardan probellar bilan ajratilmaydi, masalan: (MS Word), Windows XP va h.k. Rim raqamlarini yozish uchun I, V, X, L, С, М kabi bosh harflardan foydalaniladi. Hujjatda harakatlanish Hujjatda yurgich klavishlar yordamida quyidagicha ...

Joylangan
08 Sep 2022 | 16:45:17
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
124.2 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Sep 2022 [ 16:45 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
124.2 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: ppt