Zamonaviy kompyuter qurilmalari taqdimot

Zamonaviy kompyuter qurilmalari taqdimot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Zamonaviy kompyuter qurilmalari taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Muammo: zamonaviy kompyuter qurilmalari to'g'risida o'zbek tilida ma'lumotlarning kamligi. zamonaviy kompyuter qurilmalari to'g'risida ma'lumotlar to'plash zamonaviy kompyuter qurilmalari to'g'risida yangi ma'lumotlar ni o'rganish va o'zbek tiliga o'girish Axborot resurslari Internet ma'lumotlari. Adabiyotlar. Ommaviy axborot vositalari. Tarix 1 - shaxsiy kompyuter 1973-yil Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqarilgan. Avvaliga mazkur kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilingan. So'ngra bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshliq Apple Compyuter firmasi tomonidan mukammallashtirilib, ommaviy ravishda chiqarila boshlandi. Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmadir. Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo'lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma'lumotlar o'chib ketadi. DXQda esa axborotlar o'zgarmasdan doimiy saqlanadi. Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard - Asosiy plata; материнка) Shaxsiy kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ, yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o'rnatiladigan plata. Odatda ona platada razyomlar (slotlar) joylashgan bo'ladi. Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - CPU, markaziy hisoblash qurilmasi). 1971-yilda Intel firmasi tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprotsessor 4004 ishlab chiqarilgan. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar o'ta katta integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda o'lchanadi. Protsessorning bir vaqtning o'zida necha bit bilan ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo'llanilmoqda. RAM - Random Access Memory (tanlov asosida ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan xotira) Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu ma'lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma. Registr triggerlardan tashkil topadi. Triggerlarning miqdori kompyuter necha razryadli ekanligini ko'rsatadi. Registr (uyacha) larning har bir razryadiga 1 bit axborot to'g'ri keladi. 8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi. Har 1 bayt o'z tartib raqami(adresi)ga ega bo'ladi. Uyachaning uzunligi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. HDD (ingl. Hard Disk Drive - qattiq disk qurilmasi) kompyuterning tashqi xotirasi bo'lib, sistema blokiga o'rnatiladi hamda ma'lumotlarni saqlashda ishlatiladi. Uning hajmi bir necha 10 Gbaytdan - 10 Tbaytgacha yetadi. Vinchestor deganda, silindrsimon germetik idishda joylashtirilgan, bir o'qqa mustahkamlangan ustma - ust disklar majmui tushuniladi. 1 - vinchestor 1973 - yilda IBM firmasi tomonidan 3340 modelida yaratilgan. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.99 MB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.99 MB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga