Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari, IEE 802 (IEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari, mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari. Reja: 1. IEE 802 (IEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari 2. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar 3. Mobil tarmoqlarining standartlari; 4. Zamonaviy tarmoqni loyihalash asoslari. Tayanch iboralari IEE ( Institute of Electrical and Electronics Engineers - elektrotexnika va radio-elektronika injenerlari instituti) IEE 802.x standartlarining tuzilishi: kanal sathi, kanal sathining ikkita sath osti sathlariga bo'linishi, LLC va MAC sath osti sathlari, kanal sathi sath osti sathlarining asosiy vazifalari, 802 komitetning tarkibidagi bo'limlar. 1980 yili IEE(Institute of Electrical and Electronics Engineers) - elektrotexnika va radioelektronika injenerlari instituti tarkibida lokal kompyuter tarmoqlarini standartlashtirish bo'yicha 802 komitet tashkil qilingan bo'lib, uning faoliyati natijasida IEE 802.x standartlari to'plamlari qabul qilingan. Bu lokal kompyuter tarmoqlarini quyi sathla-rini loyihalash bo'yicha tavsiyalardan iborat stan-dartlar to'plamidir. Keyinchalik 802 komitetning ish natijalari asosida ISO 8802-1…5 xalqaro standartlar kompleksi ishlab chiqildi. Bu standartlarga o'sha paytda keng tarqalgan Ethernet, ArcNet va Token Ring kabi tarmoq standartlarining ko'rsatgichlari asos bo'lgan. IEE 802.x standartlarining strukturasi Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo'linadi: 1. LLC (Logical Link Control) - ma'lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish sath osti sathi. 2. MAC (Media Access Control) - ma'lumotlarni uzatish muhitiga bog'lanishni boshqarish sath osti sathi. LLC sathi - kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlarni har-xil darajadagi ishonch-lilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o'ziga kerak bo'lgan ma'lumotlarni uzatish amaliyotini, yani transport xizmatini unga kerak bo'lgan sifatda bajarib berishni so'raydi. MAC sathi - kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali muhit vaqtini malum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to'g'ri ishlashini ta'minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so'ng, LLC sathi tomonidan ma'lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, yani transport xizmati amalga oshiriladi. 802 komitet tarkibiga quyidagi bo'limlar kiradi: 802.1 - Internetworking - tarmoqlarni birlashtirish, yani bir-nechta tarmoq- larni birgalikda ishlashini tamin- lovchi standartlarni ishlab chiqish bo'limi; 802.2 - Logical Link Control (LLC) - ma'lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish standart- larini ishlab chiqish bo'limi; 802.3 - Ethernet, ma'lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning CSMACD usuli bo'yicha ishlaydigan LKT; 802.4 - Token Bus LAN - ma'lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Bus usuli bo'yicha ishlaydigan LKT; 802.5 - Token Ring LAN - ma'lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Ring usuli ...

Joylangan
08 Sep 2022 | 17:14:18
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
560.33 KB
Ko'rishlar soni
875 marta
Ko'chirishlar soni
99 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:55
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
08 Sep 2022 [ 17:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
560.33 KB
Ko'rishlar soni
875 marta
Ko'chirishlar soni
99 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:55 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan