Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida So'rov bo'yicha video uzatish asoslari

Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida So'rov bo'yicha video uzatish asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida So'rov bo'yicha video uzatish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida So'rov bo'yicha video uzatish asoslari Reja: 1. Asosiy ta'rif va tushunchalar 2. Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari 3. Keyingi avlod konvergent tarmoqlar haqida tushuncha, So'rov bo'yicha video uzatish asoslari 4. Xizmat ko'rsatish sifati bilan bog'liq bo'lgan muammolar 5. Yangi avlod konvergent tarmoqlarning rivojlanishi Insoniyat sivilizatsiyasi o'z taraqqiyotining navbatdagi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu bosqich sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o'tishi bilan tavsiflanadi. O'zgarishlarga boy bo'lgan ushbu jarayonda turmushning barcha jabhalarida, shu jumladan ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat, ommaviy axborot vositalari, ta'lim, sog'liqni saqlash kabi sohalarda sezilarli o'zgarishlarning sodir bo'lishi kutilmoqda. O'zbekiston uchun ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida olg'a qadam qo'yish katta ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasi hukumatining keyingi yillarda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni ommaviy joriy qilish va ulardan foydalanishni ta'minlovchi strategiyalarini ishlab chiqishga katta kuch sarflayotgani bejiz emas. O'zbekiston jahon axborotlashgan hamjamiyatiga kirar ekan, bu hamjamiyatdagi o'z o'rnini aniqlab olishi, ichki muammolari va Respublikaning axborotlashgan salohiyatini tushunishi va axborotlashgan jamiyat qurish borasida shu nuqtai nazarga mos keluvchi takliflarni tayyorlashi kerak. Hozirgi kunda turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma'lumot almashishga bo'lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. SHuning uchun mavjud bo'lgan an'anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Bunday tarmoqlarni tashkil etishning ajralmas shartlari, mamlakatdagi aloqa operatorlari tarmoqlariga yangi transport texnologiyalarini muvofiqlashtirgan holda joriy etish, yangi xizmat turlarini foydalanuvchilarga taqdim etish va global axborotlashgan tizimga qo'shilishdir. Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida islohatlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy o'zgarishlarga ega bo'lib, bu soha eng tezkor rivojlanayotgan uzoq muddatli iqtisodiy o'sish potensialiga ega bo'lgan sohaga aylandi va zamonaviy axborot texnologiyalarini mamlakatimiz hayotiga kiritish, ijtimoiy ishlab chiqish va rivojlanish samaradorligini oshirish vazifalarini yechishga yo'naltirilgan Respublika hukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu tufayli har xil axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi va o'zaro birgalikda ishlashi natijasida ularning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Bu jarayon hayotimizga telekommunikatsiya tarmoqlarida texnologiyalar konvergensiyasi tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi kunda global kompyuter tarmog'i ko'plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan oxirgi paytda axborotlarni uzatish xajmining oshishi, mavjud bo'lgan axborotli kanallarning uzatuvchanlik qobiliyatini yetishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, video, video konferensiya, elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo'lishi bilan bog'liq. Yaqin kelajakda telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni uzatish tezligi shunday katta hamda ma'lumotlarni ifodalash usuli shunchalik ommabop bo'ladiki, yagona paket bilan bir vaqtning o'zida ovozni, tasvirni, matnni, teledasturni uzatish mumkin bo'ladi. Bunga qisman bo'lsa ham erishilgan. Bunday axborot ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 235.65 KB
Ko'rishlar soni 329 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:51 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 235.65 KB
Ko'rishlar soni 329 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga