3D MAX tizimining vazifasi. 3D MAX tizimini ishga tushirish va unda amallar bajarish.
1. Dastur haqida umumiy ma'lumotlar.
2. Interfeys elementlari.
3. 3D MAX dasturida ob'ektlarni yaratish.
4. Xulosa.
O'ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O'RTА MАXSUS TА'LIM VАZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI «Neft va gaz» fаkultеti «Tehnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish» kаfеdrаsi « Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari » fаnidаn Referat Mavzu: «3D MAX. asosiy tushunchalar. 3D MAX tizimining vazifasi. 3D MAX tizimini ishga tushirish va unda amallar bajarish » Bajardi: T-243 guruh talabasi Qo'yliyev I. Qabul qildi: Eshqobilov S. Qarshi - 2015 Mavzu: 3D MAX. asosiy tushunchalar. 3D MAX tizimining vazifasi. 3D MAX tizimini ishga tushirish va unda amallar bajarish Reja: 1. Dastur haqida umumiy ma'lumotlar. 2. Interfeys elementlari. 3. 3D MAX dasturida ob'ektlarni yaratish. 4. Xulosa. 5. Adabiyotlar. 1. Dastur haqida umumiy ma'lumotlar. Uch o'lchovli grafika ilmiy tekshirishlarda, injenerlik loyiha ishlarida, fizik ob'ektlarning kompyuter modellarini qurishda keng qo'llaniladi. Uch o'lchovli grafika kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli yo'nalishdir. Uch o'lchovli grafika bilan ishlovchi foydalanuvchi loyihalash, yoritish, ob'ektlar va kameralarni ko'chirish, tovush va namoyish effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo'lishi kerak. Bu yerda shu sohaning tashkil etuvchilari - fazolar, ob'ektlarni modellashtirish, namoyish tog'risida ma'lumotlar keltiriladi. Qxirgi yillarda an'anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o'lchovli 3D modellashtirish, animasiya va namoyish dasturlari ko'p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio MAX yoki Alias Wavefront kompaniyasining JAVA dasturlari o'z mohiyatlari bo'yicha gibrid grafik paketlardir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli ob'ektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir - alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi. 3D modellashtirishning xususiyatlari va ularda animasiya harakatlarni qo'shish imkoniyati ularga bo'lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi. Ularni: namoyish effektlarini kino va videoindustriyada; televizion tijoratda (reklamada); interaktiv o'yinlarda; sano't va arxitektura dizaynida (bezashda); ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida; o'rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin. Shuni ta'kidlash lozimki uch o'lchovli grafika dasturlari kompyuter qurilmalari, uning dasturiy ta'minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda yuqori talablar qo'yadi. Uch o'lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alohida e'tibor berish kerak. Bu holda an'anaviy 2D - tekislik uch o'lchovli grafika maqsadlariga to'g'ri keltiriladi. 3D - grafikada ishchi fazoni shunday ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o'lchovli geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch o'lchovli grafikada Dekart, silindrik va sferik koordirata sistemalari ishlatiladi. Qurilgan barcha uch o'lchovli ob'ektlarni geometrik va nogeometrik ob'ektlarga bo'lish mumkin. Geometrik ob'ektga asosan sahna tashkil etuvchilarini qurishda ishlatiladi: personajlar, jismlar, boshqa so'z bilan aytganda - mavjud borliq ob'ektlarini. Nogecmetrik ob' ektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish ...